Marinadlangan qo’ziqorinlar tayyorlash
Masalliqlar:
-
1 kilo shampinyonyoki vrshenkalar
-
1 litr suv
-
4 dona gvazdika
-
9 ta qora murch donachalari
-
1 bog' shivit
-
2 ta lavr yaprog'i
-
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
1 dona bulg'or qalampiri
-
1 osh qoshiq 70% sirka
-
1 osh qoshiq tuz
-
1 osh qoshiq shakar
Yo’nalishlar
Marinadlangan qo’ziqorinlarni tayyor bo’lishi uchun 1 kecha-kunduzning o’zi kifoya bo’lib, tayyor yegulik siz va yaqinlaringizga juda yoqadi.
Bunday qo’ziqorinlardan har xil salatlar tayyorlash, pitsalarga solish ham mumkin.
Mazali qo’ziqorinlarni tayyorlab, 2 haftagacha sovutgichda saqlashingiz mumkin.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 kilo shampinyon | |
1 litr suv | |
4 dona gvazdika | |
9 ta qora murch donachalari | |
1 bog' shivit | |
2 ta lavr yaprog'i | |
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 dona bulg'or qalampiri | |
1 osh qoshiq 70% sirka | |
1 osh qoshiq tuz | |
1 osh qoshiq shakar |
Qo'ziqorinlarni yuvib olamiz va ustifan suv solib, bir soat davomida qaynatib olamiz.
Sovuq suvda chayib, suvini to'kib tashlaymiz va hajmi 1,5 litrdan kam bo'lmagan sirli idishga solamiz.
1 litr suvga tuz va shakarni solib aralashtiramiz, gazga qo'yib, qaynash darajasiga keltiramiz. Qaynash boshlangandan so'ng esa, gazni o'chiramiz va 1 osh qoshiq sirkani solib aralashtiramiz. Aralashmani qo'ziqorinlar ustidan quyamiz.
Qo'ziqorinlar ichiga gvazdika, murcha, lavr yaprilog'i, bir bog' shivit, parrak qilib to'g'ralgan bulg'or qalampiri va sarimsoqpiyozni solamiz. Ustini yopib, bir kecha-kunduz iliq joyda qoldiramiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 kilo shampinyon | |
1 litr suv | |
4 dona gvazdika | |
9 ta qora murch donachalari | |
1 bog' shivit | |
2 ta lavr yaprog'i | |
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 dona bulg'or qalampiri | |
1 osh qoshiq 70% sirka | |
1 osh qoshiq tuz | |
1 osh qoshiq shakar |