fbpx
Malinali vatrushkalar

Malinali vatrushkalar

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Tvorogli bulochkalarga biroz o’zgartirish kiritib, ozroq malinalar qo’shib pishirishni tavsiya qilamiz.

Bunday vatrushkalarni ustidan shakar upasi sepib yoki malinali qayla bilan birga tortish mumkin.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 22 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
400 gramm un
1 ta tuxum
250 millilitr sut
50 gramm eritilgan sariyog'
50 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
bir chimdim tuz
7 gramm quruq xamirturush
Asosiga:
400 gramm 5-9 % li tvorog
100 gramm shakar
1 dona tuxum oqi
ustiga malina o'rniga olcha ishlatish ham mumkin
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
Qadam 1
Tugallandi

Tog'orachaga un, quruq xamirturush va tuzni solib, venchikda aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Alohida idishga esa iliq sut, vanil shakari, shakar, tuxumni solamiz. Shakar to'liq eriguniga qadar aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ustidan eritilgan sariyog'ning yarmini solamiz va aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Un o'rtasini chuqurcha qilib, suyuqlikni quyamiz. Un bilan suyuq aralashma birlashgandan so'ng, qolgan sariyog'ni quyib aralashtirib olamiz.

Xamirni 3-5 daqiqa mushtlab, so'ng ustini yopamiz va iliq joyga 1 soatga olib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Bir soat o'tgandan keyin xamirni yana bir bor mushtlab, yana 30-40 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamir yana bir bor ko'tarilib bo'lgandan so'ng uni 16-18 bo'lakka bo'lamiz. Aylana shaklchalarga kiritamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pergament qog'oz to'shalgan patnisga xamirlarni terib chiqamiz. Ustini pelyonka bilan yopib, 20 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Asosini tayyorlaymiz:

Tog'orachaga tvorog, shakar va tuxum oqini solamiz. Aralashtirib, chetga olib qo'yamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Piyolachaga tuxum sarig'i va 1 osh qoshiq sut solib aralashtirib olamiz. Ko'tarilgan xamir bo'lakchalari ustidan surtib chiqamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Bokal yoki stakan og'zini yog'lab, xamir bo'lakchalari ustidan bosib chiqamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Hosil bo'lgan chuqurchalarga tvorogli aralashmadan solib, 3-4 ta malinadan solib chiqamiz.

Qadam 12
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
400 gramm un
1 ta tuxum
250 millilitr sut
50 gramm eritilgan sariyog'
50 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
bir chimdim tuz
7 gramm quruq xamirturush
Asosiga:
400 gramm 5-9 % li tvorog
100 gramm shakar
1 dona tuxum oqi
ustiga malina o'rniga olcha ishlatish ham mumkin
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
oldingi
Videoretsept: «Maxrovoe» shirinligi
keyingi
Pomidorli pesto qaylasi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.