«Magnoliya» shirinligi
Masalliqlar:
-
4 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
-
2 ta tuxum sarig'i
-
1 litr sut
-
1 stakan shakar
-
1 cjoy qoshiq vanil shakari
-
300 gramm pechenye
-
200 millilitr qaymoq
-
2 osh qoshiq un
-
15 dona qulupnay
Yo’nalishlar
Bugun Zira sizlarga ajoyib shirinlik «Magnoliya» retseptini taqdim etamiz. Bu shirinlikni tayyorlashda xohlagan mevalaringizdan foydalanishingiz mumkin. Bizlar uni qulupnaydan tayyorlashga qaror qildik.
Kunlar isishni boshlaganda bu yaxna shirinlik ayni muddaodir.
Pishirilgan taomga sarflaniladigan pul taxminan — 17 000 so’m.*
*mahsulot narxi manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.
Masalliqlar:
4 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali | |
2 ta tuxum sarig'i | |
1 litr sut | |
1 stakan shakar | |
1 cjoy qoshiq vanil shakari | |
300 gramm pechenye | |
200 millilitr qaymoq | |
2 osh qoshiq un | |
15 dona qulupnay |
Pechenyelarni blenderda yoki o'qlov yordamida maydalab olamiz va chetga qo'yib turamiz.
Sutga tuxum sarig'i, shakar, kraxmal va unni solib, yaxshilab aralashtiramiz. Past olovga qo'yib, qaynatib olamiz. Muntazam aralashtirib turishni esa unutmaymiz. Krem quyuqlashgach gaz plitasidan olib, sovutamiz.
Sovigan kremga qaymoqni solib aralashtiramiz.
Qulupnayni yuvib, dumchasidan tozalaymiz va teng ikkiga bo'lamiz.
Stakan olib ichiga 2 osh qoshiq maydalangan pechenye solamiz.
Ustidan to'g'ralgan qulupnaylarni chetlariga terib chiqamiz. Uchini tepaga qilib teramiz.
Ustidan kremni qoshiq yoki pishiriq qopchasiga solib, quyib chiqamiz.
So'ng ustidan yana pechenye solamiz, qulupnaylarni terib chiqamiz. Kremdan solib, ustidan yana pechenye sepamiz.
Shirinligimizni 4-5 soatga sovutgichga olib qo'yamiz va so'ng iste'mol qilib, mazali ta'midan bahramand bo'lamiz.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
4 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali | |
2 ta tuxum sarig'i | |
1 litr sut | |
1 stakan shakar | |
1 cjoy qoshiq vanil shakari | |
300 gramm pechenye | |
200 millilitr qaymoq | |
2 osh qoshiq un | |
15 dona qulupnay |