Lukumades – grekcha do’mboqchalar
Masalliqlar:
-
180 millilitr iliq sut
-
350 gramm un
-
0,5 choy qoshiq tuz
-
20 gramm tirik xamirturush
-
15 gramm shakar
-
0,5 choy qoshiq maydalangan dolchin
-
15 millilitr xamiriga, 250 millilitr qovurish uchun o'simlik yog'i
-
Qiyomiga:
-
30 gramm asal
-
10 gramm shakar
-
10 millilitr suv
-
1/4 qismi limon sharbati
Yo’nalishlar
Lukumades – bu Gretsiyadagi eng sevimli shirinliklardan biri bo’lib, lekin uning kelib chiqishi bu davlat bilan bog’liq emas.
Bu shirinlik ilk marotaba arab davlatlari oshxonalarda paydo bo’lgan bo’lib, keyinchalik turk va grek oshxonalarida tarqalgan.
Bu pishiriq oshirma xamirdan tayyorlaniladi. Ba’zan xamirturush qo’shib tayyorlaniladigan oshirma xamirlar ko’ngildagidek chiqmaydi. Ammo ulardan tayyorlanilgan pishiriqlar iste’mol qilgimiz keladi. Shunday paytlarda biz hozir taqdim qiladigan Lukumades retsepti sizning beminnat dastyoringizga aylanadi.
Masalliqlar:
180 millilitr iliq sut | |
350 gramm un | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
20 gramm tirik xamirturush | |
15 gramm shakar | |
0,5 choy qoshiq maydalangan dolchin | |
15 millilitr xamiriga, 250 millilitr qovurish uchun o'simlik yog'i | |
Qiyomiga: |
|
30 gramm asal | |
10 gramm shakar | |
10 millilitr suv | |
1/4 qismi limon sharbati |
Iliq sutga xamirturushni solib aralashtiramiz. Tuz va shakarni sepamiz, so'ng bir osh qoshiq o'simlik yog'ini solib aralashtiramiz.
Bu vaqt mobaynida qiyomini tayyorlab olamiz. Qozonchaga qiyom uchun kerakli barcha masalliqlarni solamiz, qaynash boshlangandan so'ng 1 daqiqa qaynatib olamiz.
Xamir oshgandan so'ng, uni olib mayda bo'lakchalarga bo'lamiz va ulardan dumaloq sharchalar yasab olamiz.
Ustini sochiq bilan 5 daqiqaga yopib qo'yamiz.
Qozonga yog'ni solib, qizdirib olamiz. So'ng sharchalarni qizib turgan yog'ga solib, tinmasdan aralashtirib qovuramiz.
Qovurilgan pishiriqlarning ortiqcha yog'i chiqib ketishi uchun ularni qog'oz sochiq ustiga solamiz.
Lukumadeslarning issiqligida ustidan qiyom quyib, yaxshilab aralashtiramiz.
Ustiga yong'oq yoki shakar upasi sepib dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
180 millilitr iliq sut | |
350 gramm un | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
20 gramm tirik xamirturush | |
15 gramm shakar | |
0,5 choy qoshiq maydalangan dolchin | |
15 millilitr xamiriga, 250 millilitr qovurish uchun o'simlik yog'i | |
Qiyomiga: |
|
30 gramm asal | |
10 gramm shakar | |
10 millilitr suv | |
1/4 qismi limon sharbati |