fbpx
Limon po’sti solib pishirilgan tvorogli kekslar

Limon po’sti solib pishirilgan tvorogli kekslar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bu keks uchun kerakli masalliqlarning hammasi bitta idishga solinadi, mikserda ko’pirtirilib, gaz pechida pishirib  olinadi. 40 daqiqadan so’ng esa mazali yegulikdan bahramand bo’lish mumkin.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 15 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
50 gramm sariyog'
75 gramm shakar
80 gramm un
0.5 choy qoshiq qabartma
250 gramm tvorog
3 ta tuxum
1 ta limon po'sti
Qadam 1
Tugallandi

Chuqurroq idishga yumshagan sariyog' va shakarni solib, mikserda ko'pirtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Ustidan un va qabartmani elab solamiz va aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tvorog, tuxum va limon po'stini solib, silliq holatga kirguniga qadar aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni uydagi mavjud qolipchalarga solib, 180 C darajada qizigan pechda 40 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 50 daqiqa
  • Portsiya 8
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
50 gramm sariyog'
75 gramm shakar
80 gramm un
0.5 choy qoshiq qabartma
250 gramm tvorog
3 ta tuxum
1 ta limon po'sti
oldingi
Kefirda qorilgan xamirdan tovuqli pirojkalar
keyingi
Videoretsept: nonushtabop galetalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.