Limon-apelsinli pirog
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
220 gramm un
-
100 gramm muzdek sariyog'
-
100 gramm 15-20 % li smetana
-
10 gramm qabartma
-
1/4 choy qoshiq tuz
-
Asosiga:
-
1 ta apelsin
-
2 ta kichkina limon
-
120 gramm shakar
Yo’nalishlar
Bugun limonli pirogning yangilangan varianti, ya’ni apelsin va limon solib pishirilgan pirogdan tayyorlashni tavsiya qilamiz.
Pirogni bizlar aylanasi 22 sm li qolipda pishirdik.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 20 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
220 gramm un | |
100 gramm muzdek sariyog' | |
100 gramm 15-20 % li smetana | |
10 gramm qabartma | |
1/4 choy qoshiq tuz | |
Asosiga: |
|
1 ta apelsin | |
2 ta kichkina limon | |
120 gramm shakar |
Xamiriga
Un, qabartma va tuz bilan aralashtirib olamiz. Sariyog'ni to'rtburchak shaklda to'g'rab, unning ustidan solamiz va qo'lda kukunsimon ko'rinishga kelguncha ishqalab olamiz.
Smetana solib, xamir qorib olamiz. Xamir juda yumshoqqina bo'ladi.
Asosiga
Apelsin va limonni po'stini qirg'ichdan chiqarib olamiz. Oqimtir po'stini esa archib tashlaymiz. Blenderga shakar, apelsin po'sti va mevalarni solib, maydalab olamiz.
Xamirni olib, teng ikkiga bo'lamiz. Birinchisini yoyib, yog'langan qolipga solamiz. Ustidan asosni solib, ikkinchi yoyilgan xamir bilan yopamiz va chetlarini yopishtirib chiqamiz.
180 C darajada qizigan pechda 40 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Sovutib, xohishga qarab, ustidan shakar upasi sepamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
220 gramm un | |
100 gramm muzdek sariyog' | |
100 gramm 15-20 % li smetana | |
10 gramm qabartma | |
1/4 choy qoshiq tuz | |
Asosiga: |
|
1 ta apelsin | |
2 ta kichkina limon | |
120 gramm shakar |
2 Sharhlar Hide Comments
Bancede iyi biriymish
Very good