Lavash ichidagi mini burger
Masalliqlar:
-
1 ta lavash xamiri
-
200 gramm mol go'shtidan qiyma
-
1 ta tuxum sarig'i
-
yarim choy qoshiq tuz
-
yarim choy qoshiq qora murch
-
3 ta plastina cheddar pishlog'i
-
4 dona kartoshka chips
-
1 ta piyoz
-
40 millilitr o'simlik yog'i
-
Sous uchun
-
2 osh qoshiq mayonez
-
2 osh qoshiq ketchup
-
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
-
yarim choy qoshiq tuz
Yo’nalishlar
Burger tayyorlash usullari juda ko’p, zamonaviy bekalar esa eng tez va oson usullardan foydalanishga harakat qilishadi. Sizga tez tayyorlanadigan, lavashga o’ralgan mazzali burgerni tayyorlashni taklif qilamiz.
Lavash ichidagi burgerga turli-xil souslar, yoki xantal qo’shishingiz mumkin. Shuningdek, marinadlangan qizil piyoz ham qo’shish mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
1 ta lavash xamiri | |
200 gramm mol go'shtidan qiyma | |
1 ta tuxum sarig'i | |
yarim choy qoshiq tuz | |
yarim choy qoshiq qora murch | |
3 ta plastina cheddar pishlog'i | |
4 dona kartoshka chips | |
1 ta piyoz | |
40 millilitr o'simlik yog'i | |
Sous uchun |
|
2 osh qoshiq mayonez | |
2 osh qoshiq ketchup | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
yarim choy qoshiq tuz |
Idishda qiyma, tuxum sarig’i va ziravorlarni aralashtiramiz. O’rtacha hajmda yapaloq shaklda kotletlar yasaymiz.
Kotletaning har tomonini 2-3 daqiqadan qizdirilgan yog’da qovuramiz.
Kotletaning yog’ida mayda to’g’ralgan piyozni, taxminan, 3 daqiqa davomida qovuramiz.
Sous tayyorlaymiz
Idishda ketchup, mayonez va ziravorlarni aralashtiramiz.
Lavashni yoyib ustiga qoshiq bilan sousni surtamiz.
Ustiga kotlet, so’ngra pishloqni qavat-qavat qilib terib chiqamiz. Oxirgi qavatdagi pishloq ustiga qo’vurilgan piyoz va chipslarni terib chiqamiz.
Eng tepasini dumaloq shaklda kesilgan lavash bilan berkitamiz. Lavashda o’rab chiqamiz.
Mini burgerni o’rtacha olovda ikki tomonini qovuramiz.
Masalliqlar:
1 ta lavash xamiri | |
200 gramm mol go'shtidan qiyma | |
1 ta tuxum sarig'i | |
yarim choy qoshiq tuz | |
yarim choy qoshiq qora murch | |
3 ta plastina cheddar pishlog'i | |
4 dona kartoshka chips | |
1 ta piyoz | |
40 millilitr o'simlik yog'i | |
Sous uchun |
|
2 osh qoshiq mayonez | |
2 osh qoshiq ketchup | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
yarim choy qoshiq tuz |