fbpx
Ko’k piyoz va tuxumli quyma pirog

Ko’k piyoz va tuxumli quyma pirog

Masalliqlar:

  • Asosiga:

  • Xamiriga'

Yo’nalishlar

Tuxum va ko’k piyozli pishiriqlarni yaxshi ko’rasiz, ammo ularni tayyorlashga vaqtingiz yo’qmi? Quyma pirog sevimli pishiriqlaringizni aniq o’rnini bosa oladi.

Tuxum va ko’k piyoz uyg’unligida kefirdan tayyorlangan mayin va juda ham yumshoq bo’lgan quyma pirog sizning eng sevimli pirogingiz bo’lishi aniq.

Tayyor mahsulotning taxminiy narxi-16000 so’m.

Masalliqlar:

Portsiya:
Asosiga:
100 gramm ko'k piyoz
5 qaynatilgan tuxum
ta'bga ko'ra o'simlik yog'i
Xamiriga'
400 ml kefir
70 gramm margarin yoki sariyog'
2 tuxum
1 choy qoshiq tuz
0.5 choy qoshiq shakar
1 choy qoshiq qabartma
270 gramm bug'doy uni
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
Qadam 1
Tugallandi

Pirog asosii tayyorlaymiz

Ko'k piyoz mayda qilib to'g'raladi.

Qadam 2
Tugallandi

Qaynatilgan tuxumlar yirik qilib to'g'raladi.

Qadam 3
Tugallandi

Tuxum va piyoz aralashtirilib, bir juft qoshiq o'simlik yog'i va qalampir solinadi. Hammasi yaxshilab aralashtiriladi.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni tayyorlab olinadi.

Mikser yordamida tuxumlar, shakar va tuz yaxshilab aralashtiriladi.

Qadam 5
Tugallandi

Aralashtirishni to'xtatmagan holda kefir quyiladi.

Qadam 6
Tugallandi

Tayyor bo'lgan aralashmaga qabartma bilan aralashtirilgan unning yarmi solinadi.

Qadam 7
Tugallandi

Qaynoq bo'lmagan eritilgan sariyog' yoki margarin quyiladi va aralashtiriladi.

Qadam 8
Tugallandi

Qolgan un ham solinib, bir massaga kelgunicha aralashtiriladi. Xamir quymoqning xamiri kabi bo'lishi kerak.

Qadam 9
Tugallandi

22-24 santimetrlik qolipning ichi va yonlariga yog' surtiladi va xamirning yarmi solinadi.

Qadam 10
Tugallandi

Xamir ustiga asosi joylashtiriladi va qolgan xamir quyiladi.

Qadam 11
Tugallandi

Pirog 180-190 darajagacha qizdirilgan gaz pechida 50 daqiqa davomida pishiriladi. Pirog pishishiga 10 daqiqa qolganida uning ustiga tuxum sarig'i surtiladi. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Qadam 12
Tugallandi

Muallif: Sitora

  • 70 daqiqa
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 170 daraja

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Asosiga:
100 gramm ko'k piyoz
5 qaynatilgan tuxum
ta'bga ko'ra o'simlik yog'i
Xamiriga'
400 ml kefir
70 gramm margarin yoki sariyog'
2 tuxum
1 choy qoshiq tuz
0.5 choy qoshiq shakar
1 choy qoshiq qabartma
270 gramm bug'doy uni
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
oldingi
Qizil sabzi va pomidordan tayyorlanilgan quyuq sho’rva
keyingi
Videoretsept: uyda tayyorlanadigan «Oreo» pechenyesi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.