Kartoshka va kolbasali salat
Masalliqlar:
-
500 gramm kartoshka
-
100 gramm dudlangan kolbasa
-
1 bog' piyoz
-
2 ta marinadlangan bodring
-
1 choy qoshiq xantal donachalari
-
15 gramm shivit
-
1 choy qoshiq oq vino sirkasi
-
2 osh qoshiq zaytun yoki o'simlik yog'i
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Kartoshka va kolbasali salat — juda mazali va to’yimli yegulikdir. O’z navbatida achchiqroq bo’lib, piyoz va bodring uning qarsildoqligini ta’minlab turadi)
Bu salat shuningdek juda ishtahaochar ko’rinishga ham ega. Salatga xohlagan turdagi kolbasadan ishlatishingiz mumkin.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 15 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
500 gramm kartoshka | |
100 gramm dudlangan kolbasa | |
1 bog' piyoz | |
2 ta marinadlangan bodring | |
1 choy qoshiq xantal donachalari | |
15 gramm shivit | |
1 choy qoshiq oq vino sirkasi | |
2 osh qoshiq zaytun yoki o'simlik yog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Kartoshkani po'sti bilan qaynatib olamiz. Sovutib, po'stidan tozalaymiz va aylana shaklda kesib chiqamiz.
Marinadlangan bodringni parrak, piyozni yarim halqa, shivitni mayda, kolbasani esa somoncha shaklida to'g'rab olamiz.
Barcha to'g'ralgan masalliqlarni bitta idishga solamiz.
Alohida idishchaga esa yog', tuz, murch, sirka va xantal donachalarini solib, aralashtirib olamiz.
Salatni dasturxonga tortishdan oldin aralashmani ustidan quyib, keyin toramiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
500 gramm kartoshka | |
100 gramm dudlangan kolbasa | |
1 bog' piyoz | |
2 ta marinadlangan bodring | |
1 choy qoshiq xantal donachalari | |
15 gramm shivit | |
1 choy qoshiq oq vino sirkasi | |
2 osh qoshiq zaytun yoki o'simlik yog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch |