fbpx
Kartoshka pyure va pishloqli pirog

Kartoshka pyure va pishloqli pirog

Masalliqlar:

  • xamiri uchun

  • nachinkasi uchun

Yo’nalishlar

Oshirma xamirdan tayyorlangan kartoshka pyure va pishloqli pirog – sizning har kunlik taomnomangizni boyitishga yordam beradi. Pirog xamiri havodor va juda yumshoq.

Pirogning tayyorlanishi oson bo’lib, ammo u juda mazali bo’lib chiqadi. To’yimli nonushta uchun ajoyib variant.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 25 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
300 millilitr iliq suv
7 gramm Dr.Oetkerdan tez ta'sir etuvchi xamirturush
1 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq tuz
50 gramm eritilgan sariyog'
500 gramm un
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
ustiga sepish uchun kunjut
nachinkasi uchun
400 gramm qaynatilgan kartoshka
150 gramm pishloq
ta'bga ko'ra tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz:

Iliq suvga xamirturush va shakar solib, aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

So'ngra tuz, eritilgan sariyog' solib, aralashtiramiz va oz-ozdan un solib, xamir qoramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tayyor xamir ustini yopishqoq plyonka bilan o'rab, 1 soatga issiq joyga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Kartoshkani qaynatib, pyure holiga keltiramiz va ta'bga ko'ra tuz va murch sepamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Pishloqni qirg'ichning katta tishidan o'tkazamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Oshgan xamirni teng 2 ga bo'lib, yopishqoq plyonkaga o'raymiz va 10 daqiqaga issiq joyga olib qo'yamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirni qo'lda yoyib, o'rtasiga pyure va pishloqni yarimini solamiz va xamir chetlarini o'rtaga to'plab, shar hosil qilamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Hosil bo'lgan sharni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtirib yoyamiz. yopishqoq plyonka bilan yopib, 20 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 9
Tugallandi

So'ngra tuxum sarig'i va sutli aralashmani surtib, pichoqda kesmalar hosil qilamiz va kunjut sepamiz.

Qadam 10
Tugallandi

200 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 25 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soatdan ko'proq
  • Portsiya 8
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
300 millilitr iliq suv
7 gramm Dr.Oetkerdan tez ta'sir etuvchi xamirturush
1 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq tuz
50 gramm eritilgan sariyog'
500 gramm un
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
ustiga sepish uchun kunjut
nachinkasi uchun
400 gramm qaynatilgan kartoshka
150 gramm pishloq
ta'bga ko'ra tuz va murch
oldingi
Videoretsept: Olxo’rili marinadda pishirilgan tovuq qanotchalari
keyingi
Ismaloqli turkcha oladyalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.