fbpx
Karamel va yong’oqli tort

Karamel va yong’oqli tort

Masalliqlar:

  • xamiri uchun

  • kremi uchun

Yo’nalishlar

Karamel va yong’oqli tortni uyda qanday tayyorlash mumkin? Juda onson! Yeryong’oq va karamel ta’mlari uyg’unashuvi tufayli, tort xushbo’y va mazali bo’lib chiqadi.

Bunday pirojniy nafaqat bayramona stol uchun, balki yaqinlaringizni xursand qilish uchun kundalik choy ichishga ham tayyorlanishi mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 38 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
250 gramm un
150 gramm yumshatilgan sariyog'
80 gramm shakar
130 gramm tozalangan yeryong'oq
1 ta tuxum
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
kremi uchun
300 gramm qaynatilgan quyultirilgan sut
300 gramm smetana
ustiga sepish uchun tozalangan yeryong'oq
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz:

Idishga yumshatilgan sariyog' va shakar solib, mikserda 2-3 daqiqa ko'pirtiramiz. Massa ozroq oqarishi kerak.

Qadam 2
Tugallandi

So'ngra tuxum solib, 2 daqiqa ko'pirtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Yeryong'oqni po'stidan tozalab, 5-7 daqiqa quruq tovada qovuramiz va sovutamiz.

Qadam 4
Tugallandi

So'ngra yeryong'oqni blenderda 2 osh qoshiqdan solib, maydalaymiz(2-3 soniyadan).

Maslahat: agar yeryong'oqni hammasini solib, maydalasa, yog'i chiqib, yeryong'oqli pastaga aylanishi mumkin.

Qadam 5
Tugallandi

Hosil bo'lgan yeryong'oq uvog'ini sariyog'li massaga qo'shib, lopata yordamida aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Un solingan idishga qabartma solib, aralashtiramiz va sariyog' va yeryong'oqli massaga elab solamiz. Oldin lopata yordamida aralashtirib, so'ngra qo'lda yig'amiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tayyor xamirni yopishqoq plyonkaga o'rab, muzlatgichga 30 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Krem tayyorlaymiz:

Qaynatilgan quyultirilgan sutni quyuq smetana bilan mikser yordamida aralashtirib, ustini yopishqoq plyonka bilan yopamiz va korj tayyor bo'lgunicha muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Xamirni muzlatgichdan olib, 100 grammdan keladigan 6 ta bo'lakka bo'lamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Har bir bo'lakni ikkita pergament qog'ozi o'rtasida 0,3 sm qalinlikda yoyib, 22 sm diametrga ega dumaloq shaklida kesib olamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Har bir korjni 190 C darajada qizdirilgan gaz pechida qizargunicha 7 daqiqadan pishirib olamiz. Korjlar juda nozik bo'lib pishadi, ularni extiyotkorlik bilan stolga qo'yib sovutamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Tortni yechiladigan dumaloq qolipda korj va krem ketma-ketligida yig'amiz. Oxirgi korj ustiga krem surtmaymiz.

Qadam 13
Tugallandi

Qolip ustini yopishqoq plyonka bilan o'rab, 2-3 soatga tindirib qo'yamiz.

Qadam 14
Tugallandi

So'ngra plyonkani yechib, tortning yonlari va ustiga krem surtamiz va ta'bga ko'ra chetlari va yonlariga yeryong'oq sepib chiqamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soatdan ko'proq
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 190 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
250 gramm un
150 gramm yumshatilgan sariyog'
80 gramm shakar
130 gramm tozalangan yeryong'oq
1 ta tuxum
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
kremi uchun
300 gramm qaynatilgan quyultirilgan sut
300 gramm smetana
ustiga sepish uchun tozalangan yeryong'oq
oldingi
Feta pishlog’i va cherri pomidorili pasta
keyingi
Bodring va brinzali salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.