fbpx
Ispancha tortil’ya (quymoq)

Ispancha tortil’ya (quymoq)

Masalliqlar:

  • Qaylasiga:

Yo’nalishlar

Tortil’ya – bu kartoshkali quymoq bo’lib, ispanlarning eng sevimli taomi hisoblanadi. Endilikda bizda bu taomni uyda tayyorlash imkoni bor

Bu mazali yegulik «ayoli» qaylasi bilan birga iste’mol qilinishi sabab ham, bugun ana shunday qaylani birgalikda tayyorlaymiz.

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm kartoshka
100 gramm piyoz
50 millilitr o'simlik yog'i
3 ta tuxum
bir chimdim tuz
Qaylasiga:
1 dona tuxum
2 ta tishcha sarimsoqpiyoz
100 millilitr zaytun moyi
1 osh qoshiq limon sharbati
ta'bga qarab tuz
Qadam 1
Tugallandi

Piyozni yarim halqa qilib to'g'raymiz va tovaga solib qovurib olamiz.

Piyoz tagiga olib ketmasin, ehtiyot bo'ling.

Qadam 2
Tugallandi

Kartoshkani yupqa aylana shaklda to'g'raymiz va piyoz ustidan tovaga solamiz.

Kartoshka bo'laklari qizaradi, lekin yumshab qolmaydi.

Kartoshka pishgandan so'ng esa tuz sepamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Pishgan kartoshkali aralashmalarni alohida idishga solib sovutamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Alohida idishga tuxumni chaqib solamiz va sanchiqda aralashtiramiz.

Iliq kartoshka ustidan tuxumni solamiz va yaxshilab aralashtiramiz. Aralashtirish jarayonida ehtiyot bo'ling, kartoshkalar pyurega aylanib qolmasin.

Qadam 5
Tugallandi

Tovaga o'simlik yog'i surtamiz va past olovga qo'yamiz.

Kartoshka va tuxumli aralashmani solamiz va qopqog'ini yopamiz.

Past olovda 5 daqiqa davomida pishiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

So'ng tova qopqog'ini ochamiz, ustidan kattaroq likopni qo'yib, quymog'imizni ag'darib olamiz.

So'ng bu yarim tayyor taomni yana tovaga solib, gaz pechiga qo'yamiz. Bu safar quymoqning ikkinchi tomonini qizartirib olamiz.

Qopqog'ini yopib, 5 daqiqa dimlaymiz.

Qadam 7
Tugallandi

Blender idishiga sarimsoqpiyoz, tuxum, tuz va limon sharbatini solib, ko'pirtiramiz.

So'ng asta-sekin zaytun moyini solamiz.

Qayla quyuqlashishni boshlasa, demak tayyor.

Qadam 8
Tugallandi

Ispancha quymog'imizni issiqligida qayla bilan birgalikda dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 30 daqiqa
  • Portsiya 4
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm kartoshka
100 gramm piyoz
50 millilitr o'simlik yog'i
3 ta tuxum
bir chimdim tuz
Qaylasiga:
1 dona tuxum
2 ta tishcha sarimsoqpiyoz
100 millilitr zaytun moyi
1 osh qoshiq limon sharbati
ta'bga qarab tuz
oldingi
Koreyscha ismaloqli salat
keyingi
Quymoqli salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.