Ispancha karamaelli flan
Masalliqlar:
-
6 ta tuxum
-
500 millilitr sut
-
5 osh qoshiq shakar
-
Karameliga:
-
4 osh qoshiq shakar
-
2 osh qoshiq suv
Yo’nalishlar
Ispancha karamelli flan bu kremli desertlarga mansub bo’lib, ta’m jihatidan krem-bryulega o’xshab ketadi.
Flan mayin ta’mda bo’lib, karamelli qayla ikkalasi ajoyib uuyg’unlikni tashkil etadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 8 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
6 ta tuxum | |
500 millilitr sut | |
5 osh qoshiq shakar | |
Karameliga: |
|
4 osh qoshiq shakar | |
2 osh qoshiq suv |
Gaz pechini 180 C darajaga yoqib qo'yamiz.
Qozonchaga shakar va suvni solib aralashtiramiz va karamel rangga kirgunicha past olovda qaynatib pishiramiz.
Karamelni flan tayyorlaniladigan qolipchalarga quyib, xona haroratida sovutamiz.
Katta idishga tuxum, sut va shakarni solib, venchik yoki mikser yordamida ko'pirtirib olamiz.
Qolipchalarga tuxumni aralashmani quyib, ustini folga qog'ozi bilan yaxshilab yopamiz.
Qolipchalarni kattaroq qolipga qo'yib, katta qolipni yarmigacha suv solamiz.
So'ng gaz pechida 50-60 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pishgan pishiriqni sovutib, 5-6 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.
So'ng qolipchani bir necha soniya qaynoq suvga solib, likopchaga ag'darib olamiz va iste'mol qilamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.