Ismaloq va banandan pishirilgan pankeyklar
Masalliqlar:
-
2 ta tuxum
-
1 bog' ismaloq
-
1 ta banan
-
60 gramm un
-
1 choy qoshiq vanil ekstrakti
-
0.5 choy qoshiq qabartma
Yo’nalishlar
Yorqin rangli va do’mboqqina pankeyklar bizga nonushtamizni boyitishimiz uchun ajoyib yordamchi bo’la oladi. Bunday yegulik juda foydalidir, chunki ular ismaloq va bananlardan tayyorlaniladi.
Bunday mazali pankeyklar, dasturxoningizni bezatib, yorqin rangi va ajoyib ko’rinishi bolajonlaringizni xursand qilishi aniq.
Masalliqlar:
2 ta tuxum | |
1 bog' ismaloq | |
1 ta banan | |
60 gramm un | |
1 choy qoshiq vanil ekstrakti | |
0.5 choy qoshiq qabartma |
Ismaloqni yuvib quritamiz va bananga qo'shib blenderda maydalaymiz.
Tuxumlarni oqidan sarig'ini ajratamiz.
Ezilgan banan va ismaloqni idishga solamiz va ustidan tuxum sarigi, vanil ekstraktini solamiz.
So'ng un va qabartmani solib, yaxshilab aralashtiramiz.
Tuxum oqini yaxshilab ko'pirtiramiz va xamirga solib qoshiqda ohista aralashtiramiz.
Tovani qizdirib 2-3 qoshiqdan xamir solamiz.
Ikki tarafidan qizargunicha pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.