fbpx
Iskandar-kabob

Iskandar-kabob

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Iskandar-kabob – Turkiyada ham, boshqa davlatlarda ham mashhur go’shtli taom hisoblanadi. Ushbu taomni uyda tayyorlab ko’rishingizni tavsiya etamiz.

Taomning o’ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, u doim yogurt yoki nordon qayla bilan birga dasturxonga tortiladi. Bu esa go’shtning ta’mini yaqqol bildirishga yordam beradi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm mol go'shti lahm yoki qo'y go'shti
150 gramm piyoz
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
40 gramm sariyog'
2 osh qoshiq pomidor pastasi
3-4 osh qoshiq muzdek suv
0,5 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
0,5 choy qoshiq shakar
1 choy qoshiq tuz
2 osh qoshiq smetana
300 gramm chiabatta yoki quritilgan oq non
bir nechta kashnich shoxchalari
dasturxonga tortish uchun tabiiy yogurt yoki smetna
Qadam 1
Tugallandi

Go'shtni ingichka tilim shaklida, piyozni yarim halqa shaklida to'g'raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qizdirilgan qozonga o'simlik yog'ini quyamiz. Go'sht solib, qozon qopqog'ini yopamiz va 20 daqiqa o'rtacha olovda pishiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

10 daqiqadan so'ng go'shtga piyoz va tuz solamiz. So'ngra go'sht pishgunicha pishiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qozondagi barcha suv bug'lanib ketganidan so'ng, piyoz va go'shtni 2 daqiqa qolgan yog'da qovuramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Idishda 20 gramm sariyog'ni eritamiz, pomidor qaylasini solamiz. Aralashtiramiz. Shakar, paprika va bir chimdim tuz solamiz.

Idishga suv solamiz va yaxshilab aralashtiramiz. O'rtacha olovda pomidor qaylasi quyilgunicha qaynatamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Nonni o'rtacha to'rtburchak shaklida to'g'raymiz va qolgan sariyog'da qizargunicha qovurib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qovurilgan nonni likopchaga olamiz. Ustidan tayyor go'shtni qo'yamiz va pomidorli qaylani quyamiz.

Taomning yoniga ozroq yogurt yoki smetana qo'yamiz va ko'katlar bilan bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat
  • Portsiya 2
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm mol go'shti lahm yoki qo'y go'shti
150 gramm piyoz
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
40 gramm sariyog'
2 osh qoshiq pomidor pastasi
3-4 osh qoshiq muzdek suv
0,5 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
0,5 choy qoshiq shakar
1 choy qoshiq tuz
2 osh qoshiq smetana
300 gramm chiabatta yoki quritilgan oq non
bir nechta kashnich shoxchalari
dasturxonga tortish uchun tabiiy yogurt yoki smetna
oldingi
Videoretsept: vaflidan tayyorlangan malinali tort
keyingi
Tvorogli «Bantik» pechenyesi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.