fbpx
Har xil rangli chuchvaralar

Har xil rangli chuchvaralar

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Rang-barang chuchvaralar dasturxonga o’zgacha ko’rk berib, kayfiyatni ko’tarib, ishtahani ochib yuboradi.

Bunday chuchvaralarga qanday bo’yoqlar qo’shiladi? Hech qanday! Bo’yoqlar sifatida faqat tabiiy mahsulotlardan foydalaniladi: ismaloq, qizil lavlagi va qizil sabzi.

Ammo bunday chuchvaralarni tayyorlash oddiylariga nisbatan ko’proq vaqtni talab qiladi)

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 35 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
450-500 gramm un
60 millilitr qizil lavlagi sharbati
60 millilitr qizil sabzi sharbati
60 millilitr ismaloqli pyure
2 ta tuxum
3 choy qoshiq o'simlik yog'i
1 choy qoshiq tuz
Asosiga:
600 gramm mol go'shtidan qiyma
1 bosh piyoz
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Qizil sabzi va lavlagining 60 millilitrdan sharbatini siqib chiqaramiz.

Ismaloq ustidan bitta qaynoq suv quyib, so'ng suvini to'kib tashlaymiz. O'zini esa blender idishiga solib, ezib maydalaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Uchala sharbatni alohida-alohida idishga quyib, har biriga bir chimdim tuz va 1 choy qoshiq o'simlik yog'idan solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ikkita tuxumni chaqib, sanchiqda ozroq ko'pirtirib olamiz va uchala sharbatga taqsimlab solib chiqamiz.

Qadam 4
Tugallandi

So'ng har bir sharbatga taxminan 150-180 gramm unni oz-ozdan solib, xamir qorib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirlarni ustini yelim xalta bilan yopib, 15-20 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qiymasini tayyorlab olamiz

Qiyma ustidan piyozni qirg'ichdan chiqarib solamiz, tuz va murch sepib, aralashtirib olamiz.

Agarda qiyma juda quyuq bo'lsa, unda ozroq muzdek suvdan quyish mumkin.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirni 2 mm yupqalikda yoyib olamiz, so'ng stakancha yoki qolipcha yordamida aylana shaklchalar kesib chiqamiz.

So'ng oz-ozdan qiyma solib, chuchvaralar tugib chiqamiz.

Qadam 8
Tugallandi

So'ng chuchvaralarni muzlagichda saqlash yoki shu zahotiyoq qaynatib iste'mol qilish mumkin.

Buning uchun suvni qaynatib, ozroq tuz va xohishga qarab sevimli ziravorlardan sepish mumkin. So'ng chuchvaralarni solib, ustiga suzib chiqqandan keyin, yana 5 daqiqacha qaynatib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
450-500 gramm un
60 millilitr qizil lavlagi sharbati
60 millilitr qizil sabzi sharbati
60 millilitr ismaloqli pyure
2 ta tuxum
3 choy qoshiq o'simlik yog'i
1 choy qoshiq tuz
Asosiga:
600 gramm mol go'shtidan qiyma
1 bosh piyoz
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Videoretsept: Tunets balig’idan qilingan qayla bilan tortiladigan kartoshka qalamchalari
keyingi
Xamirturushli quymoqchalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.