Guruchli mini kurniklar
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
200 gramm 15-20 % li smetana
-
2 ta tuxum sarig'i
-
200 gramm sariyog'
-
1 choy qoshiq shakar
-
0.5 choy qoshiq tuz
-
1 choy qoshiq qabartma
-
450 gramm un
-
Asosiga:
-
440 gramm tovuq filesi
-
200 gramm guruch
-
250 millilitr suv
-
0.5 choy qoshiq tuz
-
250 millilitr bulyon
-
Ustiga surtish uchun:
-
1 dona tuxum sarig'i
Yo’nalishlar
Uyda tayyorlanilgan, smetanada qorilib pishgan kurniklar juda mazali va albatta to’yimli bo’lib pishadi!
Bunday kichkina shakldagi kurniklarni birga o’qish yoki ishga olib borish juda qulaydir.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 37 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
200 gramm 15-20 % li smetana | |
2 ta tuxum sarig'i | |
200 gramm sariyog' | |
1 choy qoshiq shakar | |
0.5 choy qoshiq tuz | |
1 choy qoshiq qabartma | |
450 gramm un | |
Asosiga: |
|
440 gramm tovuq filesi | |
200 gramm guruch | |
250 millilitr suv | |
0.5 choy qoshiq tuz | |
250 millilitr bulyon | |
Ustiga surtish uchun: |
|
1 dona tuxum sarig'i |
Idishga xona haroratida yumshagan sariyog', smetana, tuxum sarig'i, tuz, qabartma va shakarni solamiz. Yaxshilab aralashtirib olamiz.
Unni elab solamiz va xamir qorib olamiz. Ustini sochiq bilan yopib, yarim soat iliq joyga olib qo'yamiz.
Guruchni yuvib, ustidan sovuq suv quyamiz va pishgunicha qaynatib olamiz.
Tovuq filesini ham 15 daqiqa tuzli suvda qaynatib olamiz. Sovutamiz va mayda to'g'rab olamiz.
Qaynatilgan guruch va tovuq go'shtini aralashtirib, ozroq tuz sepamiz.
Gaz pechini 180 C darajaga yoqib qo'yamiz.
Tingan xamirni olib, teng ikkiga bo'lamiz.
Ikkala xamirni ham yupqa yoyib, birinchisini aylanasi 12 sm li kattalikdagi aylana shakl, ikkinchisidan kichkina ryumkachalar yordamida kesib chiqamiz.
Kattaroq aylanachalarga asosdan solib chiqamiz, chetlarini xuddi belyashini tuggandek, tugib chiqamiz. Ichiga 1 osh qoshiqdan bulyon solib, ustidagi qopqoqchasi bilan yopamiz va ikkala xamirni birlashtiramiz.
Kurniklarni pergament qog'ozga terib chiqamiz va ustiga tuxum sarig'idan surtamiz.
35-40 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
200 gramm 15-20 % li smetana | |
2 ta tuxum sarig'i | |
200 gramm sariyog' | |
1 choy qoshiq shakar | |
0.5 choy qoshiq tuz | |
1 choy qoshiq qabartma | |
450 gramm un | |
Asosiga: |
|
440 gramm tovuq filesi | |
200 gramm guruch | |
250 millilitr suv | |
0.5 choy qoshiq tuz | |
250 millilitr bulyon | |
Ustiga surtish uchun: |
|
1 dona tuxum sarig'i |