Gulli qatlamalar
Masalliqlar:
-
2 osh qoshiq qo'ng'ir rangli shakar
-
4 osh qoshiq shakar
-
1 choy qoshiq dolchin
-
bir chimdim tuz
-
800 gramm tayyor qatlamali oshirma xamir
-
8 osh qoshiq sariyog'
Yo’nalishlar
Gulsimon qatlamalar juda tez tayyorlaniladigan pishiriq bo’lib, uni tayyorlashda bizlarga tayyor qatlamali xamir va xohishning o’zi kerak bo’ladi.Bunday tez pishar shirinliklar ertalabki nonushtaga yoki kutilmagan mehmon kelganda ayni muddao bo’ladi.
Quyidagi masalliqlardan 15-17 dona qatlamalar chiqadi.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 17 000 so’m pul sarflaniladi.*
Masalliqlar:
2 osh qoshiq qo'ng'ir rangli shakar | |
4 osh qoshiq shakar | |
1 choy qoshiq dolchin | |
bir chimdim tuz | |
800 gramm tayyor qatlamali oshirma xamir | |
8 osh qoshiq sariyog' |
Maffinlarga mo'ljallanilgan qolipchlarga qog'ozli qolipchalarni solib chiqamiz.
Alohida idishchada 2 osh qoshiq shakar va jigarrang shakarni, dolchin va tuzni solib aralashtiramiz. Chetga olib qo'yamiz.
Dolchinni o'rniga 1 osh qoshiqqdan limon po'sti solishingiz ham mumkin.
Qolgan shakarni stol ustiga sepamiz va ustiga xamirni qo'yib, 3-5 mm qalinlikda yoyib olamiz.
Yoygan xamir ustiga 2 osh qoshiq sariyog'ni surtamiz va chetga olib qo'ygan shakarli aralashmamizni 1/3 qismini sepamiz va ruletga o'xshatib o'rab chiqamiz.
Ikkinchi xamir bo'lagini ham xuddi shunday usulda o'rab olamiz.
Ruletga o'xshagan xamirlarni 3-4 sm qalinlikdagi bo'laklarga kesib chiqmiz.
So'ng ularni qolipchalarga solib, 200 C darajada qizdirilgan gaz pechida 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Qolgan sariyog'ni eritib olamiz va pishgan qatlamalarning ustiga surtib, qolgan shakarni sepamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
2 osh qoshiq qo'ng'ir rangli shakar | |
4 osh qoshiq shakar | |
1 choy qoshiq dolchin | |
bir chimdim tuz | |
800 gramm tayyor qatlamali oshirma xamir | |
8 osh qoshiq sariyog' |