fbpx
Gulkaramdan qilingan «guruch»

Gulkaramdan qilingan «guruch»

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Kam kaloriyali-yu koni foyda — gulkaramdan qilingan bugungi yeguligimiz aynan shunday. Bu gazakni qaynatilgan guruch o’rniga tayyorlab turish mumkin bo’lib, bunda juda kam masalliqlar talab qilinadi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 5 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

300 gramm gulkaram
100 gramm piyoz
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
2 dona tuxum oqi
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Gulkaramni bo'lakalrga bo'lib, yaxshilab yuvamiz va qog'oz sochiq ustidan terib, quritib olamiz. So'ng ularni blender idishiga solib, guruch kattaligiga kirguniga qadar maydalab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Piyoz va sarimsoq piyozni mayda to'g'rab olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tovaga o'simlik yog'ini quyamiz. Piyoz va sarimsoq piyozni solib, ikki daqiqa davomida qovuramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tuxum oqini solib, birga qovuramiz. Ammo oshxona lopatkasi yordamida muntazam aralashtirib turamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Maydalangan gulkaramni ham tovaga solamiz, tuz va murch sepib, 3 daqiqadan 6 daqiqagacha qovurib pishiramiz.

Mazali va foydali yegulik tayyor.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

300 gramm gulkaram
100 gramm piyoz
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
2 dona tuxum oqi
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Qulupnayli puding
keyingi
Shokolad asosli tart

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.