fbpx
Granola batonchalari

Granola batonchalari

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Granolali batonchalar — cho’ntakbop ko’rinishdagi tayyor nonushtalar bo’lib, uni xohlagan vaqtda ustidan iliq sut yoki yogurt solib iste’mol qilsa bo’ladi.

Bunday yegulikni tayyorlash oson bo’lib, ular bir haftagacha yaxshi saqlaniladi.

Uning tarkibiga suli yormasi va xohlagan yong’oq yoki quritilgan mevalardan ham qo’shishingiz mumkin.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 20 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtga amal qiladi.

Masalliqlar:

165 gramm suli yormasi
2 osh qoshiq tozalangan pista
2 osh qoshiqq zig'ir urug'chalari
2 osh qoshiq tozalangan qovoq danagi
1 osh qoshiq sedana
3 osh qoshiq mayiz
3 osh qoshiq shokoladli tomchilar
6 osh qoshiq o'simlik yog'i
7 osh qoshiq asal
Qadam 1
Tugallandi

Barcha quruq masalliqlarni tog'orachaga solamiz va shokoladning esa yarmini solamiz.

Aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Asal bilan o'simlik yog'ini aralashtirib, quruq masalliqlarning ustidan solamiz va yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Gaz pechi patnisiga pergament qog'oz to'shaymiz va aralashmani solib, yaxshilab presslaymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qolgan shokoladli tomchilarni ustidan sepamiz.

Qadam 5
Tugallandi

170 C darajada qizdirilgan gaz pechida 25-30 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Sovutib olamiz va xohlagan kattalikda kesamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 40 daqiqa
  • Oddiy
  • 170 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

165 gramm suli yormasi
2 osh qoshiq tozalangan pista
2 osh qoshiqq zig'ir urug'chalari
2 osh qoshiq tozalangan qovoq danagi
1 osh qoshiq sedana
3 osh qoshiq mayiz
3 osh qoshiq shokoladli tomchilar
6 osh qoshiq o'simlik yog'i
7 osh qoshiq asal
oldingi
Pishloqli xachapuri
keyingi
Qovoqcha va tovuq go’shtidan pishirilgan toblatma

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.