fbpx
Davlatlararo standart (GOST) asosida tayyorlangan korjiklar

Davlatlararo standart (GOST) asosida tayyorlangan korjiklar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Maktab chog’larida bunday korjiklar juda sevimli yeguliklardan biri edi. Endilikda ularni uy sharoitida tez va oson tayyorlash imkoniyatiga egasiz.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 12 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
75 millilitr sut
210 gramm shakar
400 gramm un
1 dona tuxum
1/3 choy qoshiq iste'mol sodasi
7 gramm vanil shakari
1 dona tuxum sarig'i
1 osh qoshiq suv
Qadam 1
Tugallandi

Sut, shakar va vanil shakarini qozonchaga solamiz. Past olovga qo'yib, muntazam aralashtiramiz va qiyom qaynatib olamiz. So'ng gaz ustidan olib, sovutamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Yumshagan sariyog'ni mikser yordamida 3-4 daqiqa ko'pirtirib olamiz. Ustidan sovigan qiyomni solib aralashtiramiz. Un bilan iste'mol sodasini elab, ustidan solamiz va xamir qorib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni 6-7 mm qalinlikda yoyib olamiz va undan aylana shaklchalar kesib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamir bo'lakchalarini pergament qog'oz ustidan teramiz va suv bilan aralashtirilgan tuxum sarig'ini surtib chiqamiz. Ta'bga qarab shakar upasi yoki har xil yong'oqlardan sepamiz. 200 C darajada qizdirilgan gaz pechida 15-20 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • Portsiya 25
  • Oddiy
  • 200 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
75 millilitr sut
210 gramm shakar
400 gramm un
1 dona tuxum
1/3 choy qoshiq iste'mol sodasi
7 gramm vanil shakari
1 dona tuxum sarig'i
1 osh qoshiq suv
oldingi
Gaz pechida pishirilgan qovoq
keyingi
Videoretsept: limonli mini kekslar

1 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.