fbpx
GOST asosida pishirilgan bodomli pechenyelar

GOST asosida pishirilgan bodomli pechenyelar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Sizlarga GOST asosida tayyorlangan haqiqiy bodomli pechenyelar retseptini taqdim etamiz. Bunday pechenyelarning usti qarsildoq, ichi esa cho’ziluvchan bo’lib pishadi.

Tayyorlaniladigan salatga taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
120 gramm tozalangan bodom
230 gramm shakar
3 ta tuxum oqi
30 gramm un
Qadam 1
Tugallandi

Gaz pechini 180 C darajaga yoqib qo'yamiz. Pishiradigan qolipimizga pergament qog'oz to'shaymiz. Ozroq yog' surtib, un sepamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qahva maydalagichga tozalangan bodomni solib, maydalab, kukunsimon holatga keltiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tog'orachaga bodom uni va shakarni solib, mikser yordamida aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tuxum oqini 2/3 qismini solib, ko'pirtirib olamiz. So'ng qolganini ham solib, ko'pirtirishda davom etamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Aralashmani suv bug'iga qo'yib, shakar oxirigacha eriguniga qadar aralashtirib turamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Shakar erigandan so'ng gazdan olib, un sepamiz va aralashtirib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirni qolipga quyamiz va pechga qo'yib, 40 daqiqa davomida pishirib olamiz. Sovigandan so'ng esa to'rtburchak shaklda kesib chiqamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 1 soat
  • Portsiya 10
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
120 gramm tozalangan bodom
230 gramm shakar
3 ta tuxum oqi
30 gramm un
oldingi
Osiyocha usulda pishirilgan go’sht va brokollili taom
keyingi
«Sezar» salati

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.