Gollandcha olmali keks
Masalliqlar:
-
Shtreyzeliga:
-
60 gramm shakar
-
60 gramm un
-
65 gramm sariyog'
-
1-2 choy qoshiq dolchin
-
Xamiriga:
-
112 gramm yumshagan margarin yoki sariyog'
-
250 gramm shakar
-
3 ta tuxum
-
100 millilitr kefir
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
310 gramm un
-
2 choy qoshiq qabartma
-
0.5 choy qoshiq tuz
-
3-4 dona shirin-nordon ta'mli olma
-
125 gramm maydalangan yong'oq
Yo’nalishlar
Olmali pishiriqlar eng sevimli va ko’p tayyorlaniladigan yeguliklardan biri hisoblanadi. Bu safar ham sizlarga olma va yong’oq solib pishiriladigan sinalgan keks retseptini taqdim etamiz.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
Shtreyzeliga: |
|
60 gramm shakar | |
60 gramm un | |
65 gramm sariyog' | |
1-2 choy qoshiq dolchin | |
Xamiriga: |
|
112 gramm yumshagan margarin yoki sariyog' | |
250 gramm shakar | |
3 ta tuxum | |
100 millilitr kefir | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
310 gramm un | |
2 choy qoshiq qabartma | |
0.5 choy qoshiq tuz | |
3-4 dona shirin-nordon ta'mli olma | |
125 gramm maydalangan yong'oq |
Shtreyzelini tayyorlab olamiz
Sariyog'ni mayda to'rtburchak qilib to'g'raymiz. Alohida idishga shakar, un va dolchinni solib aralashtirib olamiz. Ustidan sariyog'ni ham solib, qo'lda kukunsimon holatga kirgunicha yaxshilab ishqalaymiz.
Shtreyzelni sovutgichga qo'yib turamiz.
Tog'orachaga xona haroratida yumshagan sariyog' yoki margarinni solib, shakar bilan birgalikda yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Bittadan tuxum, kefir va vanilinni ham solamiz. Mikser yordamida yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Un, qabartma va tuzni elab olamiz va tog'orachadagi massa ustidan solamiz.
Aralashtirib olamiz.
Olmalarni to'g'rab, yong'oqni esa biroz maydalab, xamirga qo'shamiz.
Xamirni yog' surtilgan qolipga quyamiz. Buning uchun 28x10 kattalikdagi uzunchoq qolip, yoki 22-24 sm kattalikdagi aylana qolipdan foydalanamiz.
Xamir ustidan tayyorlab qo'ygan shtreyzelimizni sepamiz.
Masalliqlar:
Shtreyzeliga: |
|
60 gramm shakar | |
60 gramm un | |
65 gramm sariyog' | |
1-2 choy qoshiq dolchin | |
Xamiriga: |
|
112 gramm yumshagan margarin yoki sariyog' | |
250 gramm shakar | |
3 ta tuxum | |
100 millilitr kefir | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
310 gramm un | |
2 choy qoshiq qabartma | |
0.5 choy qoshiq tuz | |
3-4 dona shirin-nordon ta'mli olma | |
125 gramm maydalangan yong'oq |