fbpx
Gaz pechida sabzavotlar bilan pishirilgan tovuq sonlari

Gaz pechida sabzavotlar bilan pishirilgan tovuq sonlari

Masalliqlar:

  • sabzvotlar

Yo’nalishlar

Ko’plab pazandalar tovuqning aynan oyoqlaridan taom tayyorlashni yoqtirishadi. Shunday ekan ularni sabzavotlar bilan pishirishni maslahat beramiz. Asosiy ishni gaz pechi bajargani sababli taom tayyorlanish jarayoni sizga qiyinchlik tug’dirmaydi.

Sabzavotlarni qanday ketma-ketligda qolipga joylashtirish muhim emas, shuningdek foydalaniladigan sabzavotlarni ham o’z ta’bingizga qarab tanlashingiz mumkin. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 60 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

 

Masalliqlar:

Portsiya:
1 kilogramm tovuq sonlari
1 osh qoshiq xantal
1 osh qoshiq mayonez
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
ta'bga ko'ra tuz
sabzvotlar
500 gramm kartoshka
250 gramm qizil sabzi
250 gramm qovoqcha
1 tadan har xil rangli bulg'or qalampiri
200 gramm shampinyon hoxushga qarab
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga ko'ra tuz
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Tovuq oyoqchalariga marinad tayyorlaymiz. Kichkina idishga xantal, mayonez, o'simlik yog'i va ziravorlar solib, yaxshilab aralashtiramiz.

Tovuq oyoqlariga marinad surtib, 20 daqiqaga chetga olib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Kartoshka va sabzini qaynayotgan suvda 10 daqiqa pishirib olamiz.
Sovutib, po'stidan tozalaymiz va katta bo'laklarga bo'lamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Bulg'or qalampiri va qovoqchani ham katta bo'laklarga bo'lamiz.
Qo'ziqorin va sarimsoqpiyoz tishchalarini butunligicha qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Barcha sabzavotlarni aralashtirib, ziravorlar sepib, o'simlik yog'ini quyamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Sabzavotlarni qolipga solamiz ustidan tovuq sonlarini solamiz.

Qolip ustini folga bilab qoplab 190-200 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga, so'ngra folgani olib tashlab, taom qizarishi uchun yana 15 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tayyor taomni ko'katlar bilan bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

Rasmiy instagram sahifasi:artel_official

Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt

Reklama huquqi ostida

  • 1 soat 20 daqiqa
  • Portsiya 4
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
1 kilogramm tovuq sonlari
1 osh qoshiq xantal
1 osh qoshiq mayonez
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
ta'bga ko'ra tuz
sabzvotlar
500 gramm kartoshka
250 gramm qizil sabzi
250 gramm qovoqcha
1 tadan har xil rangli bulg'or qalampiri
200 gramm shampinyon hoxushga qarab
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga ko'ra tuz
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
oldingi
Videoretsept: tvorogli toblatma-sufle
keyingi
Videoretsept: qaynatilgan quyultirilgan sutli maffinlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.