fbpx
Dolchinli «Garmoshka» pirogi

Dolchinli «Garmoshka» pirogi

Masalliqlar:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Bugun dolchin bilan xushbo’y yeguliklar pishirishni xush ko’ruvchilar uchun bizdan yangi retsept – bu «garmoshka» shaklidagi ajoyib pirog. Ushbu pirog qayta-qayta tayyorlashga undaydigan ajoyib pishiriqlaridan biridir.

Uni pichoq bilan kesish kerak emas,  faqatgina  qulay bo’laklarga bo’lib , choy, sut yoki qahva bilan tanovvul qilishingiz mumkin. Ushbu xushbo’y va mazali shirinlikni  tayyorlab ko’rishingiz shart.

Bu pirogni tayyorlash  uchun sizga keks uchun mo’ljallangan uzunchoq shakldagi qolib kerak bo’ladi.

Tayyor taomning taxminiy qiymati – 21 000 so’m.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm un
2 ta tuxum
200 millilitr sut
7 gramm quruq xamirturush
6 osh qoshiq shakar
60 gramm yumshatilgan sariyog'
Asosiga:
2 choy qoshiq dolchin
3 osh qoshiq shakar
30 gramm eritilgan sariyog'
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
Qadam 1
Tugallandi

Issiq sutga xamirturush va 2 osh qoshiq shakar qo'shamiz, yaxshilab aralashtirib, plenka bilan yopamiz va 20 daqiqaga issiq joyga olib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Xamir ko'tarilgandan so'ng unga tuxum, qolgan shakar va sut qo'shamiz, aralashtirib, keyin un qo'shamiz. Mahsulotlarbi yaxshilab aralashtiramiz va yumshatilgan sariyog' qo'shamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Yaxshilab xamir qoramiz va 1,5 soatga issiq joyga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni olib, uni 0,5-0,7 santimetr qalinlikda yoyamiz.

Qadam 5
Tugallandi

So'ngra unga eritilgan saryog' surtib, ustidan dolchin va shakar aralashmasini sepib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirni to'rtburchak shakilda kesib olamiz. Unutmang ular qolipingizdan kichikroq bo'lishi kerak.

Qadam 7
Tugallandi

Qolipni ozgina yog ' bilan yog'laymiz va xamirdan tayyorlangan to'rtburchaklarni "garmoshka" shaklida qo'yib chiqamiz. Qolipning atrofiga qog'oz sochiqlarni g'ijimlab qo'yishingiz va xamir ko'tarilayotganda olishingiz mumkin.

Qadam 8
Tugallandi

"Garmoshka" pirogimizni 30 daqiqaga qolipda qoldiramiz, so'ngra ustiga tuxum sarig'ini surtib, 170-175 C haroratda 30-40 daqiqa pishiramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 170-175C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm un
2 ta tuxum
200 millilitr sut
7 gramm quruq xamirturush
6 osh qoshiq shakar
60 gramm yumshatilgan sariyog'
Asosiga:
2 choy qoshiq dolchin
3 osh qoshiq shakar
30 gramm eritilgan sariyog'
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
oldingi
Videoretsept: Sabzavotlar bilan folgada pishirilgan baliq
keyingi
Rukkola va yosh makkajo’xoridan tayyorlangan salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.