fbpx
Dimlama

Dimlama

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Dimlama – o’zbek milliy taomlaridan biri bo’lib, rang-barang sabzavotlardan tayyorlaniladi va ayniqsa yoshi katta insonlar orasida juda sevib iste’mol qilinadi.

Bunday taomning foydali tomoni ham shundaki, sabzavotlar qovurilmasdan, faqat dimlab pishiriladi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 65 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
1 kilo qo'y go'shti
300 gramm kartoshka
300 gramm qizil sabzi
300 gramm har xil rangli bulg'or qalampiri
1 bosh o'rtacha kattalikdagi karam
200 gramm sholg'om
300 gramm piyoz
300 gramm pomidor
1 bog' shivit
1 bog' kashnich
1 dona pishirilgan makkajo'xori
1 bosh sarimsoqpiyoz
5-6 dona kichikroq bulg'or qalampiri
200 gramm mol go'shtidan qiyma
60 gramm guruch
200-250 millilitr suv
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Qiymaga guruchni yuvib solamiz. Tuz va murch, xohishga qarab ziravorlardan sepamiz. 5-6 dona bulg'or qalampirlariga qiymadan solib chiqamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Barcha sabzavotlarni yuvib, po'stini archamiz va katta-katta to'g'raymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qozonga go'sht va piyozni terib chiqamiz. Tuz va murch sepamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ustidan kartoshka va sabzini terib chiqamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Sarimsoqpiyozni butunligicha solamiz, ustidan qolgan sabzavotlarni ham terib chiqamiz.

So'ng qiyma solingan bulg'or qalampiri, makkajo'xorini terib chiqamiz. Tuz va murch sepamiz.

Ustidan ko'katlarni bog'i bilan solamiz, 200 millilitr suv quyamiz. Qaynash darajasiga keltiramiz, 15 daqiqadan so'ng olovni pasaytirib, 60-80 daqiqa dimlab pishiramiz.

Pishgan taomni katta laganga suzib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • 90 daqiqa
  • Portsiya 8
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
1 kilo qo'y go'shti
300 gramm kartoshka
300 gramm qizil sabzi
300 gramm har xil rangli bulg'or qalampiri
1 bosh o'rtacha kattalikdagi karam
200 gramm sholg'om
300 gramm piyoz
300 gramm pomidor
1 bog' shivit
1 bog' kashnich
1 dona pishirilgan makkajo'xori
1 bosh sarimsoqpiyoz
5-6 dona kichikroq bulg'or qalampiri
200 gramm mol go'shtidan qiyma
60 gramm guruch
200-250 millilitr suv
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Tvorog-olmali sochma pirog
keyingi
Bananli qatlamachalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.