«Custard tart» portugalcha deserti
Masalliqlar:
-
250 millilitr sut
-
3 osh qoshiq kraxmal
-
0,5 choy qoshiq vanilin
-
100 gramm shakar
-
6 ta tuxum sarig'i
-
500 gramm qatlama xamir
Yo’nalishlar
«Custard tart»- bu qaynatma krem bilan pishiriladigan, Portugaliyadagi eng sevimli shirinliklardan biri hisoblanadi. Bu pishiriq qatlamali xamir va qaynatib pishirilgan kremdan tayyorlaniladi.
Tayyorlash jarayoni esa juda oddiy bo’lib, hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 16 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
250 millilitr sut | |
3 osh qoshiq kraxmal | |
0,5 choy qoshiq vanilin | |
100 gramm shakar | |
6 ta tuxum sarig'i | |
500 gramm qatlama xamir |
Gaz pechini 190 C darajaga yoqib qo'yamiz.
Qozonchaga sut, shakar, kraxmal va vanilinni solib aralashtiramiz.
Gazni yoqib, past olovda quyuqlashguniga qadar qaynatamiz. Gazdan olib qo'yamiz.
Tuxum sarig'ini o'zini alohida ko'pirtiramiz va ustidan sutli aralashmani yarmini ingichka qilib quyamiz va to'xtamasdan ko'pirtiramiz.
So'ng tuxum sariqlarini qozonchadagi sut ustidan solib, yana yaxshilab aralashtiramiz va gazga qo'yib, 3 daqiqa qaynatamiz. Va albatta tinmasdan aralashtirishni unutmaymiz.
Xamirni yupqaroq yoyib, maffin yoki kekslar qolipiga mos qilib kesamiz, bunda chetlarini ham tekis qilib kesamiz, shunda solgan kremimiz oqib ketmaydi.
So'ng yarmi yoki yarmidan sal ko'proq qilib kremdan solamiz.
15-20 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
250 millilitr sut | |
3 osh qoshiq kraxmal | |
0,5 choy qoshiq vanilin | |
100 gramm shakar | |
6 ta tuxum sarig'i | |
500 gramm qatlama xamir |