fbpx
  • Asosiy
  • Gazaklar
  • Cho’pchalarda terilgan «seld balig’idan shuba» gazagi
Cho’pchalarda terilgan «seld balig’idan shuba» gazagi

Cho’pchalarda terilgan «seld balig’idan shuba» gazagi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Yangi yilning sevimli salati bo’lmish «seld balig’idan shuba» ga yangicha ko’rinish baxsh etdik, ya’ni endi u dasturxonga salat sifatida emas, balki gazak sifatida tortiladi. Ular bayram dasturxoningizni bezashi aniq!

Hammaga odatiy bo’lgan bu salatni noan’anaviy tarzdagi ko’rinishi bizni bu yegulikka boshqacha ko’z bilan qarashga majbur etdi.

Masalliqlar:

1 ta o'rtacha kattalikdagi qizil lavlagi
2 ta kartoshka
2 ta qizil sabzi
300 gramm seld balig'i go'shti
1 ta qora non "borodinskiy"
2 poya ko'k piyoz
Qadam 1
Tugallandi

Sabzi va kartoshka qaynatilib pishiriladi va sovutiladi. Po'sti archiladi.
Qizil lavlagi yuviladi va zar qog'ozga o'rab 1 soat davomida gaz pechida pishirib olinadi. So'ng sovutiladi va po'sti archiladi.

Qadam 2
Tugallandi

Barcha sabzavotlar 0.5 sm qalinlikda plastinka shaklida to'g'raladi.
Ko'k piyoz ham mayda to'g'raladi.

Qadam 3
Tugallandi

Agar baliq go'shti bo'laklari katta hajmda bo'lsa, ularni o'rtacha kattalikdagi bo'laklarga bo'lib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Non ham o'rtacha kattalikdagi bo'laklarda kesiladi.

Qadam 5
Tugallandi

Endi ular qavatma-qavat terib chiqiladi. Non bo'laklari ustidan qizil lavlagi, kartoshka, sabzi va oxirida seld balig'i bo'lakchalari. Maxsus cho'pchalar bilan hammasi birlashtiriladi.
Yangi yil dasturxoningizda mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a'zo bo'lishni unutmang.

  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 ta o'rtacha kattalikdagi qizil lavlagi
2 ta kartoshka
2 ta qizil sabzi
300 gramm seld balig'i go'shti
1 ta qora non "borodinskiy"
2 poya ko'k piyoz
oldingi
Tovuq va qo’ziqorinli julyen taomi
keyingi
Zanjabilli tort

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.