fbpx
  • Asosiy
  • Oq vino qoʻshib pishirilgan befstroganov taomi
Oq vino qoʻshib pishirilgan befstroganov taomi

Oq vino qoʻshib pishirilgan befstroganov taomi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Befstroganov bu tez tayyorlanadigan, shu bilan birga juda mazali taom boʻlib, parhez tutuvchilarga ham undan isteʼmol qilish tavsiya qilinadi.

Taomga vino solinishidan hech ham xavotirlanmang, chunki termik ishlov berilgandan soʻng u bugʻlanib ketadi.

100 gramm yegulikning taxminiy ozuqaviy qiymati 174.92 kKal boʻlib, oqsillar — 10.85 gr, yogʻlar — 8.45 gr, uglevodlar — 13.16 gr mi tashkil qiladi.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 40 000 soʻm sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

450 gramm mol go'shti
2 choy qoshiq o'simlik yog'i
1 bosh piyoz
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
450 gramm shampinyon
1/4 choy qoshiq tuz
taʼbga qarab qora murch
1/4 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i
1/2 choy qoshiq quritilgan rayhon
200 gramm smetana yoki shakarsiz yogurt
75 millilitr oq vino Musallas
garniriga makaron
Qadam 1
Tugallandi

Goʻshtni 2x2 sm kattalikda toʻgʻrab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Piyozni mayda toʻrtburchak qilib toʻgʻraymiz. Sarimsoqpiyozni maydalab ezamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qoʻziqorinni parrak qilib toʻgʻraymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tovaga yogʻni solamiz va goʻshtni qizarguncha qovurib olamiz. Soʻng tovadan boshqa idishga olib, chetroqqa qoʻyib turamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Goʻshtni qovurgan tovamizga piyozni solib, shaffof rangga kirguncha qovuramiz, soʻng sarimsoqpiyozni solib, birgalikda taxminan 1 daqiqa qovuramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Ustidan qoʻziqorinni solib, qizarguncha qadar qovuramiz. Ustidan qovurilgan goʻshtni solamiz. Tuz va ziravorlarni sepamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Oq vino va smetana yoki yogurtni solib, goʻsht yumshaguniga qadar dimlab pishiramiz. Har biriga qaynatilgan pastdan ishlatishingiz ham mumkin. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

450 gramm mol go'shti
2 choy qoshiq o'simlik yog'i
1 bosh piyoz
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
450 gramm shampinyon
1/4 choy qoshiq tuz
taʼbga qarab qora murch
1/4 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i
1/2 choy qoshiq quritilgan rayhon
200 gramm smetana yoki shakarsiz yogurt
75 millilitr oq vino Musallas
garniriga makaron
oldingi
Olmali sochma pirog
keyingi
Videoretsept: Kartoshkalar bilan gaz pechida pishirilgan qoʻy goʻshti

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.