Bulg’or qalampiri bilan tayyorlangan gruzincha salat
Masalliqlar:
-
200 gramm qaynatilgan mol go'shti
-
1 dona qizil bulg'or qalampiri
-
1 dona yashil bulg'or qalampiri
-
1 bosh qizil piyoz
-
50 gramm qovurilgan yong'oq
-
yarim bog' kashnich
-
yarim bog' shivit
-
5 osh qoshiq zaytun moyi
-
1 choy qoshiq xmeli-suneli ziravori
-
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
Yo’nalishlar
Bu saladagi barcha masalliqlar ajoyib uyg’unlikni tashkil etgan. Ayniqsa qovurilgan yong’oq va xmeli-suneli ziravori salatning yanada mazaliroq chiqishini ta’minlaydi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 28 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
200 gramm qaynatilgan mol go'shti | |
1 dona qizil bulg'or qalampiri | |
1 dona yashil bulg'or qalampiri | |
1 bosh qizil piyoz | |
50 gramm qovurilgan yong'oq | |
yarim bog' kashnich | |
yarim bog' shivit | |
5 osh qoshiq zaytun moyi | |
1 choy qoshiq xmeli-suneli ziravori | |
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi |
Piyozni yarim halqa shaklida to'g'rab olamiz.
Qaynatilgan mol go'shti va bulg'or qalampirlarini yupqa somoncha shaklda to'g'raymiz.
Tavsiya: mol go'shtini bir kun oldin qaynatib olsak, ertasi kuni yaxshi to'g'raladi.
Shivit va kashnichni mayda to'g'rab, sabzavotlar ustidan solamiz.
Aralashmasini tayyorlab olamiz:
Kosaga zaytun yog'i, ezilgan sarimsoq, tuz, murch va xmeli-suneli ziravorini solib aralashtiramiz. Ustidan maydalangan yong'oqni ham solamiz. Aralashtirib olamiz.
Salatni aralashtirib, dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
200 gramm qaynatilgan mol go'shti | |
1 dona qizil bulg'or qalampiri | |
1 dona yashil bulg'or qalampiri | |
1 bosh qizil piyoz | |
50 gramm qovurilgan yong'oq | |
yarim bog' kashnich | |
yarim bog' shivit | |
5 osh qoshiq zaytun moyi | |
1 choy qoshiq xmeli-suneli ziravori | |
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi |