fbpx
Bretsel – nemischa krendellar

Bretsel – nemischa krendellar

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bretsel – Germaniyadagi mashhur va sevib iste’mol qilinadigan pishiriqlardan biri hisoblanadi. Bu pishiriqlarga ta’bga qarab shakar yoki tuz solish mumkin.

Tuzli bretsellar — nemislarning pivaga qo’shib yeyiladigan asosiy gazaklaridan biri hisoblanadi. Iyun oyida kutilajak futbol bo’yicha jahon chempionatida bu pishiriqni tayyorlab, erkaklarimizni xursand qilishimiz mumkin.

Masalliqlar:

700 gramm oliy navli un
450 millilitr yog'siz sut
40 gramm tirik xamirturush
bir chimdim shakar
2 choy qoshiq tuz
1 osh qoshiq iste'mol sodasi
1 litr suv
ustiga sepish uchun mak, sedana va yirik tuz
Qadam 1
Tugallandi

Iliq sutga xamirturush va shakarni solib aralashtiramiz. Sut och sariq rangga kiradi.

Qadam 2
Tugallandi

Ustidan tuzni, so'ng unni elab solamiz. Xamir qoramiz.U? biroz qo'lga yopishadi. Taxminan 5 daqiqa xamirni yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamir ustini sochiq bilan yopib, 30 daqiqa iliq joyga olib qo'yamiz. Bu vaqt mobaynida xamir yaxshigina oshadi.

Qadam 4
Tugallandi

Vaqt o'tgandan so'ng xamirni olib mushtlaymiz va undan uzunchoq kolbasasimon shaklga keltiramiz. 16 ta qismga ksib chiqamiz. Bo'laklarimiz teng chiqishi uchun xamirni avval teng ikkiga, yana ikkiga, shunday qilib 16 ta kesib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Har bir bo'lakni olib, undan ingichka kolbasalar yasaymiz. Buklab, krendel shaklini beramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qozonga suv solib qaynatamiz, olovni o'rtacha qilib, iste'mol sodasini solamiz.

Iste'mol sodasi to'liq eriganidan so'ng, olovni past qilib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Muhim! Qaynayotgan suvga krendellarni birma-bir solib, 40 soniyadan qaynatamiz va yog'och yoki plastmassa kapkir bilan olamiz.

Ularni endi pergament qog'oz to'shalgan patnisga teramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Hali krendellar namligida ustidan mak, yirik tuz va sedana sepish mumkin.

Qadam 9
Tugallandi

200 c darajada qizdirilgan gaz pechida 15-20 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

700 gramm oliy navli un
450 millilitr yog'siz sut
40 gramm tirik xamirturush
bir chimdim shakar
2 choy qoshiq tuz
1 osh qoshiq iste'mol sodasi
1 litr suv
ustiga sepish uchun mak, sedana va yirik tuz
oldingi
Pishirilgan gulkaram
keyingi
Meksikancha grillda pishirilgan makkajo’xori

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.