fbpx
«Bounty» shokoladi

«Bounty» shokoladi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Ko’pchilikning sevimli shokoladlaridan biri «Bounty» ni uy sharoitida tayyorlash mumkinligini bilarmidingiz? 3 xil masalliq va 20 daqiqa bo’sh vaqt bo’lsa kifoya!

Do’kondan tayyor mahsulotlarni iste’mol qilishni xohlamaydiganlar, marhamat endilikda o’zingiz tayyorlang.

Tayyorlaniladigan shirinlikka 15 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

350 gramm kakos qirindisi
2 ta shokoladli plitka
1 banka quyultirilgan sut
Qadam 1
Tugallandi

Kakos qirindisi va quyultirilgan sutni aralashtirib olamiz. Quyuq va yopishqoq massa hosil bo'ladi.

Qadam 2
Tugallandi

Aralashmadan uzunchoq shakllar yasab olamiz va qotguniga qadar muzlatgichga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Shokoladni suv bug'ida eritib olamiz va qotgan kakos batonchalarni avval ostki qismini shokoladga botirib olamiz.

So'ng shokoladli tomonini ustga qilib, likopchaga teramiz va shokolad qotguniga qadar sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

So'ng muzalatgichdan olib, qolgan qismlarini shokoladga botiramiz va qotgunicha yana muzlatgichga olib qo'yamiz. Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

350 gramm kakos qirindisi
2 ta shokoladli plitka
1 banka quyultirilgan sut
oldingi
Baqlajonli sersuv burgerlar
keyingi
Merengali rulet

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.