fbpx
Bolalar oshxonada: Yorkshir pudinglari

Bolalar oshxonada: Yorkshir pudinglari

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugun sizlarga ajoyib Yorkshir pudinlarini tayyorlashni tavsiya qilamiz. Bunday savatchalar ichi teshik bo’lib, ichiga xohlagan mahsulotlaringizdan solib, iste’mol qilishingiz mumkin.

Oddiy suyuq xamirdan ajoyib ko’rinishli bu pishiriqlarni bolalar albatta maroq bilan iste’mol qilishadi, ishonavering.

Bu pishiriqlarning ta’mi xuddi profitrollarga ham o’xshab ketadi.

Quyidagi masalliqlardan 8 dona puddinglar hosil bo’ladi.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 5 000 so’m pul sarflaysiz.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

125 gramm un
200 millilitr sut
2 ta tuxum
bir chimdim tuz
30-50 gramm yumshatilgan sariyog'
Qadam 1
Tugallandi

Unni elab olib, tog'orachaga solamiz, ustidan tuxum, tuz va ozroq sut solamiz.

Venchikda aralashtirib olamiz, yetarlicha quyuq xamir chiqadi.

Silliq bo'lishi uchun yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qolgan sutni solib, yana yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni uchli idishga solamiz, shunda uni quyish oson kechadi.

Ustini oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopib, 30 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Sariyog'dan oz-oz maffinlarga mo'ljallanilgan qolipga solib chiqamiz.

So'ng qolipni qizigan gaz pechiga solib, sariyog'ni eritib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qolipni olamiz, erigan sariyog'ni cho'tka bilan qolipchalar ichiga yaxshilab surtamiz.

So'ng ustidan xamirni 2/3 hisobda quyib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

190 c haroratda qizigan gaz pechiga qolipni 30 daqiqaga yuboramiz.

Pishgan pudinglarni ag'darganingizda tagi teshikligiga ko'zingiz tushadi, ana shu teshikchalarga xohlagan mahsulotingizdan solib iste'mol qilasiz. Masalan, mevalar yoki murabbolar. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

125 gramm un
200 millilitr sut
2 ta tuxum
bir chimdim tuz
30-50 gramm yumshatilgan sariyog'
oldingi
Asalli tort (Medovik)
keyingi
Bulg’or qalampiridan do’lma

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.