Bodringli limonad
Masalliqlar:
-
4 ta bodring
-
4 ta limon
-
3-4 ta shoxcha yalpiz
-
1 dona yashil rayhon
-
8 osh qoshiq shakar
-
1.5 litr gazlangan suv
Yo’nalishlar
Oila a’zolaringiz va keladigan mehmonlarni noodatiy ichimlik bilan siylashni istasangiz, unda mana bunday bodringli limonaddan tayyorlab ko’ring.
Bodringli bu ichimlik issiq kunlarda ayni muddao bo’lib, har qanday dasturxonga ham ko’rk bag’ishlashi aniq.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 18 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
4 ta bodring | |
4 ta limon | |
3-4 ta shoxcha yalpiz | |
1 dona yashil rayhon | |
8 osh qoshiq shakar | |
1.5 litr gazlangan suv |
Bodring, yalpiz va rayhonni blender idishiga solib, maydalab olamiz.
Ustidan 4 ta limon sharbati va shakarni solamiz.
2 stakan suv quyib, aralashtirib olamiz.
Aralashmani doka ro'mol yoki to'rli suzgichdan o'tkazamiz. Ustidan esa qolgan gazli suvni quyamiz.
Limonadni idishlarga quyib, bodring, limon va yalpiz bargchalari bilan bezatamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
4 ta bodring | |
4 ta limon | |
3-4 ta shoxcha yalpiz | |
1 dona yashil rayhon | |
8 osh qoshiq shakar | |
1.5 litr gazlangan suv |