Bodring va brinzali salat
Masalliqlar:
-
250 gramm bodring
-
150 gramm brinzayoki feta
-
1 bog' salat bargi
-
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
yarimta limon sharbati
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
Yo’nalishlar
Brinza va bodringli salat – oddiy, yengil va juda mazali yegulik bo’lib, u har qanday dasturxonni bezaydi. Ushbu salat to’g’ri ovqatlanishga rioya qiladigan va parhez tutadiganlar uchun mos keladi, chunki u kam kaloriyaga ega.
Qarsildoq yashil ko’katlar sizga vitaminli energiya bag’ishlaydi, bodring salatga sersuvlik taqdim etadi, brinza esa uni o’zgacha qiladi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 18 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
250 gramm bodring | |
150 gramm brinza | |
1 bog' salat bargi | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
yarimta limon sharbati | |
ta'bga ko'ra tuz va murch |
Bodring va salat bargini yuvib, quritamiz.
Brinza va bodringni to'rtburchak shaklida to'g'raymiz.
Salat bargini yirik qilib to'g'raymiz.
Barcha masalliqlarni idishga solib, aralashtiramiz.
So'ngra salatga o'simlik yog'ini quyib aralashtiramiz.
Masalliqlar:
250 gramm bodring | |
150 gramm brinza | |
1 bog' salat bargi | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
yarimta limon sharbati | |
ta'bga ko'ra tuz va murch |