Bodom va kardamon solib pishirilgan olmali maffinlar
Masalliqlar:
-
200 gramm suli yormasi unimakkajo'xori unidan foydalansa ham bo'ladi
-
100 gramm maydalangan bodom
-
5 ta tuxum
-
2 choy qoshiq qabartmarazrixlitel'
-
bir chimdim tuz
-
1/2 choy qoshiq maydalangan kardamon
-
200 gramm qo'ng'ir rangli shakar
-
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
2 ta olma
Yo’nalishlar
To’g’ri ovqatlanish tartibiga amal qiluvchilar uchun yana bir ajoyib retsept: bodom uni va olmalar solib pishirilgan maffinlar.
Ular juda mazali bo’lib, ustiga ustak qomatingizga ham ortiqcha vazn qo’shmaydi.
Yegulik bir kishilik miqsorining taxminiy ozuqaviy qiymati (2 ta maffinlar): 145 kKal bo’lib, yog’lar — 5.7 gr, oqsillar 3.6 gr, uglevodlar — 20.4 gr.
Masalliqlar:
200 gramm suli yormasi uni | |
100 gramm maydalangan bodom | |
5 ta tuxum | |
2 choy qoshiq qabartma | |
bir chimdim tuz | |
1/2 choy qoshiq maydalangan kardamon | |
200 gramm qo'ng'ir rangli shakar | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
2 ta olma |
Gaz pechini 180 C darajaga qizdiramiz.
Maffinlarga mo'ljallangan qoliplarga qog'ozli, bir martalik ishlatishga mo'ljallangan qolipchalardan solib chiqamiz.
Olmalarni po'sti va danagidan tozalab, to'rtburchak qilib to'g'rab chiqamiz.
Quruq masalliqlarni aralashtirib olamiz: suli yormasi uni, maydalangan bodom, tuz, qabartma va kardamon.
Tuxum, shakar va o'simlik yog'ini alohida idishga solib, ko'pirtirib olamiz. Suyuq va quruq masalliqlarni birlashtiramiz.
Ichiga to'g'ralgan olmalarni solib, aralashtiramiz va qolipchalarga 2/3 qismda solib chiqamiz.
Gaz pechiga solib, tillarangga kirgunicha, taxminan 20-30 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishganligini gugurt cho'p yordamida tekshiramiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
200 gramm suli yormasi uni | |
100 gramm maydalangan bodom | |
5 ta tuxum | |
2 choy qoshiq qabartma | |
bir chimdim tuz | |
1/2 choy qoshiq maydalangan kardamon | |
200 gramm qo'ng'ir rangli shakar | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
2 ta olma |