Bezeli «Atirgul» pechenyelari
Masalliqlar:
-
250 gramm yumshatilgan sariyog'
-
200 gramm 5-9 % li tvorog
-
2 ta tuxum sarig'i
-
300 gramm un
-
bir chimdim tuz
-
1 choy qoshiq qabartma
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
150 gramm shakar
-
2 ta tuxum oqi
Yo’nalishlar
Bu pechenyelar juda tez tayyorlanilishi bilan birga, juda mazali hamdir. Kerakli masalliqlar ham deyarli har kimning ro’zg’oridan topiladi.
Ulardan bosh tortishning umuman iloji yo’q.
Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 13 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
250 gramm yumshatilgan sariyog' | |
200 gramm 5-9 % li tvorog | |
2 ta tuxum sarig'i | |
300 gramm un | |
bir chimdim tuz | |
1 choy qoshiq qabartma | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
150 gramm shakar | |
2 ta tuxum oqi |
Yumshatilgan sariyog'ni tuxum sarig'i, tvorog va tuz bilan aralashtirib oling.
Un va qabartmani elab soling va qo'lga yopishmaydigan xamir qoring.
Xamirni to'rtta bo'lakka bo'lamiz, oziq-ovqat pelyonkasiga o'rab, 40 daqiqa sovutgichga olib qo'ying.
Bu vaqt mobaynida tuxum oqi va shakarni qattiq ko'pik hosil bo'lguniga qadar ko'pirtirib oling.
Har bir xamir bo'lagini to'rtburchak shaklda, 3-4 mm qalinlikda yoyib oling.
Xamirni ruletga o'xshab o'rang va 2-3 sm qalinlikdagi bo'lakchalarga kesib chiqing.
Pergament qog'oz to'shalgan patnisga olib qo'ying.
190 C darajada qizdirilgan gaz pechida 15-20 daqiqa davomida pishirib oling.
Asosiysi pechenyelarni uzoq pishirib, quritib qo'ymaslik kerak, ularning ixhi ozroq nam bo'lib qolishi kerak.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
250 gramm yumshatilgan sariyog' | |
200 gramm 5-9 % li tvorog | |
2 ta tuxum sarig'i | |
300 gramm un | |
bir chimdim tuz | |
1 choy qoshiq qabartma | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
150 gramm shakar | |
2 ta tuxum oqi |