fbpx
Batafsil fotoretsept: «Snikers» torti

Batafsil fotoretsept: «Snikers» torti

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Karamel-yong'oqli qavatiga:

  • Shokoladli ganashiga:

Yo’nalishlar

«Snikers» torti yeryong’oq va shokoladni sevuvchilar uchun ajoyib shirinlik bo’la oladi. Chiroyli ko’rinishli bu tortni bayram, tug’ilgan kunlarda pishirib bolajonlarni xursand qilishingiz mumkin.

Bu tort shu darajada mazaliki, yeb to’ymaysan kishi.

Bu tortni biz Olesya Kuprinning «Tort yeysanmi?» kitobidagi retsept asosida pishirdik.

Bu tort uchun aylanasi 18 sm li qolipdan foydalandik.

Tayyorlaniladigan tortga taxminan 58 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
2 ta tuxum sarig'i
100 gramm shakar
150 gramm margarin yoki sariyog'
200 gramm un
Karamel-yong'oqli qavatiga:
200 gramm shakar
1 choy qoshiq limon sharbati
110 gramm sariyog'
130 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
0,5 choy qoshiq tuz
500 gramm tozalangan yeryong'oq
Shokoladli ganashiga:
270 gramm qora shokolad
220 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
Qadam 1
Tugallandi

Xamirini tayyorlab olamiz

Barcha masalliqlarni tayyoorlab olamiz. Xona haroratidagi sariyog'ni shakar bilan birga ko'pirtiramiz, so'ng tuxum sarig'ini solib yana ko'pirtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Ustiga unni elab solamiz va aralashtirib olamiz. Silliq holatdagi massa hosil bo'ladi.

Qadam 3
Tugallandi

Xamir ustini yelim qog'oz bilan yopamiz va 40 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Biroz sovigan xamirni olib, qolipga yoyib chiqamiz, bunda qolipni yog'lash shart emas.

Xamir ustining bir nechta joyiga sanchiq suqamiz va 180 C da qizdirilgan gaz pechida 12-15 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Karamelni tayyorlaymiz

Qozonchaga shakar va limon sharbatini solamiz.

Past olovga qo'yib, muntazam aralashtirib turamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Gaz plita ustidan olmay, ichiga sariyog'ni solamiz va aralashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Oz-ozdan qaymoq solib aralashtirib turamiz.

Qaymoq solgandan so'ng karamel ko'pirishni boshlaydi.

Qadam 8
Tugallandi

Qaymoqning hammasi solingandan so'ng karamelni 1 daqiqa qaynatamiz va oxirida tuz sepamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Tog'orachaga tozalangan yeryong'oqni, ustidan karamelni solamiz, aralashtirib olamiz va sovutib, xamir ustidan surtamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Shokoladli ganash

Shokoladni pichoq bilan maydalab, ustidan qaymoq solamiz.

Suv bug'iga qo'yib eritamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Tayyor ganashni qolipdagi tort ustidan quyamiz.

Faqat ganashdan 5-6 qoshig'ini uni bezatish uchun chetroqqa olib qo'yamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Pishiriq qopchasi yordamida tort ustini bezatamiz.

Qadam 13
Tugallandi

Tortni qolipidan ajratmasdan ikki soat sovutgichga olib qo'yamiz. So'ng olib iste'mol qilamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
2 ta tuxum sarig'i
100 gramm shakar
150 gramm margarin yoki sariyog'
200 gramm un
Karamel-yong'oqli qavatiga:
200 gramm shakar
1 choy qoshiq limon sharbati
110 gramm sariyog'
130 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
0,5 choy qoshiq tuz
500 gramm tozalangan yeryong'oq
Shokoladli ganashiga:
270 gramm qora shokolad
220 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
oldingi
Videoretsept: dudlangan go’sht va kartoshka solib pishirilgan pirog
keyingi
Qulupnay, yalpiz va bananli smuzi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.