fbpx
Batafsil fotoretsept: shokoladli medovik

Batafsil fotoretsept: shokoladli medovik

Masalliqlar:

  • xamiri uchun

  • kremi uchun

Yo’nalishlar

Medovik torti – eng sevimli klassik shirinliklarimizdan biridir. Ammo bugun biz sizga oddiy emas, balki shokoladli medovikning retseptini taqdim etmoqchimiz.

Shokolad ta’miga ega asalli ingichka ko’rjlar sizni befarq qoldirmasligi aniq!

Tayyor taomning taxminiy narxi – 65 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
600 gramm un
240 gramm shakar
170 gramm asal
150 gramm tuxum
120 gramm "Домашнее застолье" margarini
50 gramm kakao kukuni
2 choy qoshiq iste'mol sodasi
bir chimdim tuz
kremi uchun
400 millilitr sut
250 gramm 35 %li yog'li qaymoq
280 gramm shakar
130 gramm smetana
100 gramm sariyog'
50 gramm makkajo'xori kraxmali
1 ta tuxum
1 ta tuxum sarig'i
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz:

Idishga "Домашнее застолье " margarini, asal, shakar va tuzni solib, o'rtacha olovda eritamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Idishni olovdan olib, ozroq sovutamiz. Hosil bo'lgan massaga ozroq ko'pirtirilgan tuxum va kakaoni solib, yaxshilab aralashtirib turamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Soda solib, massa ko'pira boshlashini kutamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Un solib, avval idishda, so'ngra stolda xamir qoramiz.

Xamirni yopishqoq plyonkaga o'rab, 20 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz. So'ngra xamirni 10 ta bo'lakka bo'lamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Har bir bo'lakni pergament qog'ozi ustida yoyib, so'ngra ko'rjlarni birinma-ketin 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 5-6 daqiqadan pishirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Pishgan ko'rjlar issiq va yumshoqligida 18 smli qolip yordamida doirachalar kesib olamiz.

Ko'rjning ortib qolgan joylarini esa uvoq shakliga keltirib maydalaymiz.

Qadam 7
Tugallandi

Krem tayyorlaymiz:

Idishga kraxmal, shakar, tuxum va tuxum sarig'ini solib, olovga qo'yamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tuxum va shakarli aralashmaga sut solamiz va aralashtirib turgan holda massa quyuqlashishini kutamiz. So'ngra idishni olovdan olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Kremni xona haroratigacha sovutib, smetana va yumshatilgan sariyog' solamiz. Yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 10
Tugallandi

Sovuq qaymoqni yaxshilab ko'pirtirib, kremga solamiz va ehtiyotkorlik bilan aralashtiramiz.

Qadam 11
Tugallandi

Tortni yig'amiz:

Tortni har bir ko'rj ustiga krem surtgan holda yig'amiz. Ustiga va yonlariga krem surtib, korjdan chiqqan maydalangan uvoqlarni sepamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Tortni 6-8 soatga muzlatgichga yuboramiz. Yoqimli ishtaha!

Instagram: Домашнее застолье
Сайт: www.dom-zastolye.uz

Reklama huquqi ostida

  • 2 soat
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
600 gramm un
240 gramm shakar
170 gramm asal
150 gramm tuxum
120 gramm "Домашнее застолье" margarini
50 gramm kakao kukuni
2 choy qoshiq iste'mol sodasi
bir chimdim tuz
kremi uchun
400 millilitr sut
250 gramm 35 %li yog'li qaymoq
280 gramm shakar
130 gramm smetana
100 gramm sariyog'
50 gramm makkajo'xori kraxmali
1 ta tuxum
1 ta tuxum sarig'i
oldingi
Videoretsept: Tom Yam sho’rvasi
keyingi
Videoretsept: rezavor mevali jemga ega shokoladli pirojniylar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.