fbpx
Batafsil fotoretsept: «Maritotso» italyancha bulochkalari

Batafsil fotoretsept: «Maritotso» italyancha bulochkalari

Taomlari:

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Qiyom uchun

  • Krem uchun

Yo’nalishlar

Italyancha taomlar o’zida takrorlanmas ta’m va tayyorlash usuli osonligini ajoyib holda birlashtiradi. «Maritotso» bulochkalari ham xuddi shunday – limon sedrasi qo’shilgan xushbo’y xamirturushli xamirdan pishirilgan shakar qiyomi surtilgan bulochkalar va mayin ko’pirtirilgan qaymoqli kremdan iborat. Bu ajoyib bulochkalarni uy sharoitida tayyorlash qiyinlik tug’dirmaydi.  

Eslatib o’tamiz, Dr. Bakers — bu barchaga tanish Dr. Oetker mahsulotlarining yangi nomi. Ularning faqat nomi o’zgardi, sifati esa o’sha-o’sha a’lo darajada. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 70 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
500 gramm un
7 gramm Dr. Bakers tez ta’sir qiluvchi xamirturushi
300 millilitr iliq sut
60 gramm shakar
1 ta tuxum sarig'i
50 millilitr zaytun yoki o'simlik yog'i
1 ta limon sedrasi
bir chimdim tuz
Qiyom uchun
100 gramm shakar
100 millilitr suv
Krem uchun
600 gramm 35 %li yog'li qaymoq
50 gramm shakar upasi
1 gramm Dr. Bakers vanilin-intensivi
Qadam 1
Tugallandi

Kerakli masalliqlarni tayyorlaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Bulochka tayyorlaymiz

Elangan unga xamirturush qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Alohida idishda iliq sut, shakar, tuxum sarig’i, zaytun yog’i, limon sedrasi va tuzni birlashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

xamirturush qo’shilgan unni suyuq masalliqlarga qo’shib, yumshoq xamir qoramiz. 1-1,5 soatga, oshishi uchun, iliq joyda qoldiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Oshgan xamirni ezib, 6-8 qismga bo’lamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Har bo’lakni dumaloq shaklga keltiramiz va patnisga, orasida 7 sm masofa qoldirgan holda terib chiqamiz. 20 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

180ºС darajada 15-20 daqiqa davomida qizartirib pishiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Qiyom tayyorlaymiz

Idishda shakar bilan suvni birlashtirib, olovga qo’yib, suv qaynagandan so’ng, 2-3 daqiqa davomida qaynatamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Issiq bulochkalar ustiga shakarli qiyomni surtib, butunlay sovushini kutamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Krem tayyorlaymiz

Chuqur idishda sovuq qaymoq, shakar upasi va vanilinni birlashtiramiz. Mikser yordamida ko’pirtiramiz.

Qadam 11
Tugallandi

Har bir bulochkani biroz kesib, ichini kremga to’ldiramiz. Oshiqcha kremni pichoq yoki shpatel yordamida olib tashlaymiz.

Qadam 12
Tugallandi

Tayyor bulochkalar ustiga shakar upasi sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

Reklama huquqi asosida.

  • 2 soatdan ortiq
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 180ºС

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
500 gramm un
7 gramm Dr. Bakers tez ta’sir qiluvchi xamirturushi
300 millilitr iliq sut
60 gramm shakar
1 ta tuxum sarig'i
50 millilitr zaytun yoki o'simlik yog'i
1 ta limon sedrasi
bir chimdim tuz
Qiyom uchun
100 gramm shakar
100 millilitr suv
Krem uchun
600 gramm 35 %li yog'li qaymoq
50 gramm shakar upasi
1 gramm Dr. Bakers vanilin-intensivi
oldingi
Videoretsept: yong’oq va shokolad pastali rulet
keyingi
Videoretsept: «Filadelfiya» pishlog’ini uyda tayyorlash usuli

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.