fbpx
Batafsil fotoretsept: «Frezye» torti

Batafsil fotoretsept: «Frezye» torti

Masalliqlar:

  • biskvitli korj uchun

  • kremli asosiga

Yo’nalishlar

Mayin biskvit, plombir muzqaymog’ini eslatuvchi krem, qulupnay – bularning hammasi fransuz konditerlari tomonidan o’ylab topilgan «Frezye» tortida mavjud!

Bir qarashda tayyorlanishi qiyin tuyuladigan ushbu tortni tayyorlash aslida juda oson. Tort yonlaridagi qulupnayning yarim bo’lagi, ushbu tortga ishtahaochar ko’rinish beradi. Unga ketadigan masalliqlar esa – juda oddiy. Tortning ko’rinishi istalgan bayram dasturxonini ko’rkiga aylanadi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 75 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
biskvitli korj uchun
3 ta tuxum
100 gramm shakar
50 gramm un
25 gramm makkajo'xori kraxmali
1 choy qoshiq qabartma
10 gramm vanil shakari
kremli asosiga
400 millilitr sut
200 gramm shakar
3 ta tuxum
60 gramm makkajo'xori kraxmali
200 gramm sariyog'
15 gramm jelatin
50 millilitr sovuq suv
10 gramm vanil shakari
800 gramm qulupnay
Qadam 1
Tugallandi

Korj tayyorlab olamiz:

Tuxmni oqidan sarig'ini ajratamiz. Oqini yaxshilab ko'pirtirib, ko'pirtirishni to'xtatmagan holda shakar yarimini oz-ozdan solib, tuxum oqi qattiq holga kelgunicha ko'pirtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Elangan unni kraxmal va qabartma bilan aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tuxum sarig'ini shakarning qolgan yarimi va vanil shakari bilan yaxshilab ko'pirtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tuxum sarig'iga oz-ozdan ketma-ketlik bilan bir unli massa, bir tuxum oqini solib, extiyotkorlik bilan lopatka yordamida aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Pergament qog'oziga diametri 22 sm keladigan qolip yordamida doira chizamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirning yarimini chizilgan doira shakliga mo'ljallab solamiz. Yonlarini tekkislaymiz. 190 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 12-14 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirning ikkinchi yarimidan ham huddi shunday korj pishirib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Sovugan korjlarni diametri 22 sm keladigan qolip yordamida kesib olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Kremli asos tayyorlaymiz:

Idishga sut va shakarning yarimini solib, olovga qo'yamiz va qaynatamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Boshqa idishda tuxum, shakarning qolgan yarimi, vanil shakari va kraxmalni aralashtiramiz.

Qadam 11
Tugallandi

Issiq sutni oz-ozdan tuxumli massaga qumoqlar hosil bo'lmasligi uchun venchik yordamida aralashtirib turgan holda quyamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Aralashmani past olovga qaytarib, aralashtirib turgan holda quyilgunicha krem tayyorlaymiz. Quyilgan kremni olovdan olamiz.

Qadam 13
Tugallandi

Iliq kremga yumshagan sariyog'ning yarimini solamiz va mikser yordamida yaxshilab aralashtiramiz. Kremni butunlay sovutamiz.

Qadam 14
Tugallandi

Jelatinga muzday suv solib, aralashtiramiz va ishishi uchun 15 daqiqa qoldiramiz.

Qadam 15
Tugallandi

Sovugan kremga qolgan sariyog'ni solib, krem oppoq bo'lib ishgunicha aralashtiramiz.

Qadam 16
Tugallandi

Idishda jelatinni isitamiz (qaynatmaymiz). Uni kremga solib, mikserda yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 17
Tugallandi

Olinadigan qolip chetini yopishqoq plyonka bilan o'raymiz.

Qadam 18
Tugallandi

Birinchi korjni likopchaga qo'yib, atrofini plyonka bilan o'ralgan qolip cheti bilan o'raymiz.

Qadam 19
Tugallandi

Hajmi bir xil bo'lgan bir necha qulupnaylarni o'rtasidan bo'lib, uzunasiga, kesilgan joyini qolipga qaratib terib chiqamiz.

Qadam 20
Tugallandi

Kremning tahminan uchdan bir qismini korj ustidan quyib, Ustidan butun qulupnaylarni terib chiqamiz.

Qadam 21
Tugallandi

Qulupnaylar ustidan krem quyib, ustidan ikkinchi korjni qo'yamiz va yana krem suritamiz.

Qadam 22
Tugallandi

Ustini yopishqoq plyonka bilan yopib, 8-10 soatga muzlatgichga yuboramiz. Sovugan tortni qulupnay bilan bezatamiz.
Yoqimli ishtaha!

  • 2 soatdan ko'proq
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 190 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
biskvitli korj uchun
3 ta tuxum
100 gramm shakar
50 gramm un
25 gramm makkajo'xori kraxmali
1 choy qoshiq qabartma
10 gramm vanil shakari
kremli asosiga
400 millilitr sut
200 gramm shakar
3 ta tuxum
60 gramm makkajo'xori kraxmali
200 gramm sariyog'
15 gramm jelatin
50 millilitr sovuq suv
10 gramm vanil shakari
800 gramm qulupnay
oldingi
Videoretsept: «Napoleon» torti
keyingi
Videoretsept: shprot qaylali «Sezar» salati

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.