fbpx
Batafsil fotoretsept: anjir va parmezan pishloq qo’shilgan pirog

Batafsil fotoretsept: anjir va parmezan pishloq qo’shilgan pirog

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Nachinka uchun

Yo’nalishlar

Anjir bo’laklari, yumshoq nachinka va shokoladli xamirning ajoyib uyg’unligi. Parmezan va bodom uni pirog ta’mini betakror qiladi. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 80 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
270 gramm bug'doy uni
200 gramm yumshatilgan sariyog'
170 gramm shakar
2 ta tuxum
30 gramm kakao kukuni
2 choy qoshiq dr.Oetkerdan qabartma
Nachinka uchun
120 gramm smetana
100 gramm yumshatilgan sariyog'
2 ta tuxum
70 gramm shakar
40 gramm bodom uni
30 gramm bug'doy uni
30 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i
1 choy qoshiq dr.Oetkerdan qabartma
2 ta qora anjir
Qadam 1
Tugallandi

Barcha masalliqlarni tayyorlaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Yumshatilgan sariyog’ni shakar bilan mikser yordamida past tezlikda krem xolatigacha aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tuxum qo’shib yana aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Quruq masalliqlarni qo’shib xamir qoramiz. Tayyor xamir biskvitdan quyuqroq, qumoq xamirdan yumshoqroq bo’lishi kerak.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni plyonkaga o’rab, 10-20 mmlik yoyib, 30 daqiqaga muzlatgichga qo’yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Bodom uni, shakar, smetana va sariyog’ni aralashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Birma-bir tuxumni qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Qabartma va unni qo’shib yaxshilab aralashtiramiz. Massa silliq bo’lishi kerak.

Qadam 9
Tugallandi

Muhim! Bu usulda qabartmani sodaga almashtirish mumkin emas.

Qadam 10
Tugallandi

Parmezanni mayda qirg’ichdan chiqarib nachinkaga qo’shamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Anjirni kesamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Sovugan xamirni qolipga solib, chetlarini 4 sm balandlikda ko’tarib, ichiga nachinkani quyamiz.

Qadam 13
Tugallandi

Ustiga anjir bo’laklarini qo’yib, chetlarini nachinka bilan bir balandlikda qilib tekkislaymiz.

Qadam 14
Tugallandi

170C gacha qizdirilgan pechga 45-50 daqiqaga qo’yamiz.

Qadam 15
Tugallandi

Sovutib, 1-2 soatga sovutgichga qo’yamiz. Istakga ko’ra bodom yaproqlari va shakar upasi bilan bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

Reklama huquqi asosida.

  • 1 soat 30 daqiqa
  • Portsiya 4
  • O’rtacha
  • 170C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
270 gramm bug'doy uni
200 gramm yumshatilgan sariyog'
170 gramm shakar
2 ta tuxum
30 gramm kakao kukuni
2 choy qoshiq dr.Oetkerdan qabartma
Nachinka uchun
120 gramm smetana
100 gramm yumshatilgan sariyog'
2 ta tuxum
70 gramm shakar
40 gramm bodom uni
30 gramm bug'doy uni
30 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i
1 choy qoshiq dr.Oetkerdan qabartma
2 ta qora anjir
oldingi
Pomidorlik sariyog’
keyingi
Olmali bulochkalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.