fbpx
Batafsil fotoretsept: adjarcha xachapuri

Batafsil fotoretsept: adjarcha xachapuri

Masalliqlar:

  • xamir uchun

  • nachinka uchun

Yo’nalishlar

Adjarcha xachapuri – bu gruzin oshxonasining eng mashhur taomlaridan biridir.

Bu bir vaqtning o’zida juda mazali va to’yimli taom. Siz uni albatta uyda pishirib ko’rishingiz kerak. Bizning batafsil fotoretseptimiz tufayli siz buni osongina amalga oshirishingiz mumkin!

Tayyor taomning taxminiy narxi – 63 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamir uchun
11 gramm quruq xamirturush
200 millilitr sut
1 osh qoshiq shakar
0,5 osh qoshiq tuz
500 gramm un
2 ta tuxum
90 gramm "Домашнее застолье" Premium margarini
nachinka uchun
400 gramm motsarella pishlog'i
400 gramm brinza
8 ta tuxum sarig'i
2 choy qoshiq eritilgan "Домашнее застолье" Premium margarini
Qadam 1
Tugallandi

Opara tayyorlaymiz:

Iliq sutga xamirturush, shakar va tuz solib, venchik yordamida yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

So'ngra 100 gramm un va tuxum solib, aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Margarinni eritib, oparaga solamiz va issiq joyga 10 daqiqaga yuiboramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tayyor oparaga oz-ozdan 400 gramm unni solib, xamir qoramiz. Ustini yopishqoq plyonka bilan yopib, 1 soatga issiq joyga yuboramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Oshgan xamirni qorib, ustini yopishqoq plyonka bilan yopib, 30 daqiqaga issiq joyga yuboramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Nachinka tayyorlaymiz:

Pishloq va brinzani qirg'ichning katta tishidan o'tkazamiz. Smetana solib, aralashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamir va nachinkani 4 ta bir xil bo'lakka bo'lamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Xamir bo'lagini 0,3 sm qalinlikdagi to'g'ri to'rtburchak shaklida yoyamiz. Ikki chetiga uzun qilib, tahminan 2 osh qoshiqdan nachinka solamiz.

Qadam 9
Tugallandi

So'ngra chetlarini bir-biriga qaratib, o'raymiz va chetlarini tugamiz. Qayiq hosil qilamiz va o'rtasiga nachinkani 1/4 qismini solamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga 2 ta xachapuri qo'yib, 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 30 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 11
Tugallandi

So'ngra xachapurini gazdan olib, ustiga 1-2 ta tuxum sarig'ini qo'yib, 4-5 daqiqaga gaz pechiga yuboramiz.

Qadam 12
Tugallandi

Tayyor xachapurining chetlariga eritilgan margarin surtib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Instagram: Домашнее застолье
Сайт: www.dom-zastolye.uz

Reklama huquqi ostida

  • 2 soatdan ko'proq
  • Portsiya 4
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamir uchun
11 gramm quruq xamirturush
200 millilitr sut
1 osh qoshiq shakar
0,5 osh qoshiq tuz
500 gramm un
2 ta tuxum
90 gramm "Домашнее застолье" Premium margarini
nachinka uchun
400 gramm motsarella pishlog'i
400 gramm brinza
8 ta tuxum sarig'i
2 choy qoshiq eritilgan "Домашнее застолье" Premium margarini
oldingi
Videoretsept: «Bantik» bulochkalari
keyingi
Nonushta uchun tez tayyor bo’ladigan pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.