fbpx
Banan-karamelli pirog

Banan-karamelli pirog

Masalliqlar:

  • Asosiga:

  • Karameliga:

Yo’nalishlar

Tez tayyorlaniladigan va juda mazali, bananli asosdan tashkil topgan pirog kutilmagan mehmonlar kirib kelganda sizga qo’l keladi. Bu retsept asosida tayyorlanilgan pirogga karamelli qiyom surtilishi sabab ham yumshoq va nam bo’lib chiqadi.

Bizlar pirogni kattaligi 20×25 sm li qolipda pishirdik.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 21 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

100 gramm yumshatilgan sariyog'
100 gramm shakar
1 dona tuxum
100 gramm un
1/2 choy qoshiq qabartma
50 millilitr sut
1/2 choy qoshiq vanil ekstrakti
Asosiga:
2 ta banan
Karameliga:
50 gramm sariyog'
150 gramm qo'ng'ir rangli shakar
1/2 choy qoshiq maydalangan dolchin
Qadam 1
Tugallandi

Yumshagan sariyog'ni shakar va vanil shakari bilan birga yaxshilab ko'pirtirib olamiz. Bitta tuxumni chaqib solamiz va yana ko'pirtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Un bilan qabartmani alohida idishga elab solamiz. Yarmini aralashma ustidan solamiz. Aralashtirib, sutni quyamiz. Yaxshilab aralashtirib olamiz va qolgan unni ham solamiz. Yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qozonchaga shakar va sariyog'ni solib, shakar eriguncha qizdiramiz. Dolchinni solib, yana bir marotaba aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qolipga sariyog' surtib, karamelni quyamiz. Bananlarni uzunasiga to'g'rab, qolipga terib chiqamiz.

Ustidan xamirni quyib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

180 C darajada qizigan pechda 35-45 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Pirogni ag'darib, shu holatida kesamiz va likopchalarga solib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

100 gramm yumshatilgan sariyog'
100 gramm shakar
1 dona tuxum
100 gramm un
1/2 choy qoshiq qabartma
50 millilitr sut
1/2 choy qoshiq vanil ekstrakti
Asosiga:
2 ta banan
Karameliga:
50 gramm sariyog'
150 gramm qo'ng'ir rangli shakar
1/2 choy qoshiq maydalangan dolchin
oldingi
Ispancha «churros» shirinligi
keyingi
«Dulce De Leche» karamelli qaylasi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.