Asal va yong’oqli pirog (kovrijka)
Masalliqlar:
-
85 gramm tozalangan yong'oq
-
192 gramm un
-
10 gramm margarin yoki sariyog'qolipga surtish uchun
-
340 gramm suyuq asal
-
3 ta tuxumxona haroratidagi
-
250 gramm olmali pyure
-
1/4 choy qoshiq zanjabil
-
3/4 choy qoshiq iste'mol sodasi
-
1/4 choy qoshiq tuz
Yo’nalishlar
Sovuq qish kunlarida xonadoningizda ajoyib bir muhit yaratishni istasangiz, unda asalli «kovrijka»dan albatta tayyorlab ko’ring.
Bu retseptda tayyorlangan bunday yegulik antiqa bir ta’mda chiqib, yoqishi shubhasizdir.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
85 gramm tozalangan yong'oq | |
192 gramm un | |
10 gramm margarin yoki sariyog' | |
340 gramm suyuq asal | |
3 ta tuxum | |
250 gramm olmali pyure | |
1/4 choy qoshiq zanjabil | |
3/4 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
1/4 choy qoshiq tuz |
Gaz pechini 175 C darajaga yoqib qo'yamiz.
Pergament qog'oz to'shalgan patnis ustiga tozalangan yong'oqlarni sepib, 5-7 daqiqa gaz pechida qizartirib olamiz.
Yong'oqni olib sovutamiz, gaz pechini esa o'chirmaymiz.
Yong'oqlarni blender idishiga solib, maydalab olamiz.
Qolipga sariyog'dan surtib, ozroq un sepamiz.
Alohida idishga asal, olmali pyureni olib, silliq holga kirgunicha aralashtiramiz. So'ng tuxumlarni solib, yana aralashtirib olamiz.
Alohida idishga un, tuz, iste'mol sodasi va zanjabilni solib aralashtirib olamiz.
So'ng esa suyuq aralashma va quruq massani birlashtiramiz. Yong'oqlarni ham solib, aralashtirib olamiz.
Xamirni qolipga quyamiz va 45-55 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishganligini gugurt cho'p yordamida tekshirib olamiz.
Pirogni 15 daqiqa qolipida sovutib, so'ng ustidan shakar upasi sepamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
85 gramm tozalangan yong'oq | |
192 gramm un | |
10 gramm margarin yoki sariyog' | |
340 gramm suyuq asal | |
3 ta tuxum | |
250 gramm olmali pyure | |
1/4 choy qoshiq zanjabil | |
3/4 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
1/4 choy qoshiq tuz |