fbpx
Asal va soya bilan marinadlangan tovuq qanotchalari

Asal va soya bilan marinadlangan tovuq qanotchalari

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Tovuq qanotchalari uchun ajoyib marinad tayyorlash retseptini taqdim etamiz. Soya qaylasi, asal, sarimsoqpiyoz va limon sharbati ta’mlari uyg’unlashuvi ushbu taomni yanada mazali qiladi.

Tayyorlab ko’ring bu juda mazali.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
6 ta tovuq qanotchalari
2 osh qoshiq asal
2 osh qoshiq soya qaylasi
5 osh qoshiq o'simlik yog'i
0,5 osh qoshiq achchiq yoki shirin qalampir
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 ta tayyor makkajo'xori parchalari
ta'bga ko'ra tuz va murch
bir nechta ko'k piyoz shoxchalari
Qadam 1
Tugallandi

Marinad tayyorlab olamiz:

Asal, soya qaylasi, 3 osh qoshiq o'simlik yog'i, achchiq va shirin qalampir(paprika), maydalangan sarimsoqpiyoz va tuzni aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Hosil bo'lgan marinadga tovuq qanotchalarini solamiz va 1-2 soatga muzlatgichga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

So'ngra qanotchalarni muzlatgichdan olib, gaz pechi patnisiga joylashtiramiz va 200 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qanotchalarni istalgan garnir bilan dasturxonga tortishingiz mumkin. Ammo gril tovasida qovurilgan makkajo'xori bilan u yanada mazaliroq bo'ladi.

Yoqimli ishtaha!

  • 30 daqiqa
  • Portsiya 3
  • Oddiy
  • 200 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
6 ta tovuq qanotchalari
2 osh qoshiq asal
2 osh qoshiq soya qaylasi
5 osh qoshiq o'simlik yog'i
0,5 osh qoshiq achchiq yoki shirin qalampir
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 ta tayyor makkajo'xori parchalari
ta'bga ko'ra tuz va murch
bir nechta ko'k piyoz shoxchalari
oldingi
Videoretsept: Vanilli sharlotka
keyingi
Videoretsept: armancha gata pechenyesi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.