Apelsinli pechenyelar
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
50 gramm yumshatilgan sariyog'
-
80 gramm shakar
-
1 dona tuxum
-
3 osh qoshiq smetana
-
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
1 choy qoshiq qabartma
-
300 gramm un
-
Asosiga:
-
1 dona apelsin
-
130 gramm shakar
-
15 gramm makkajo'xori kraxmali
Yo’nalishlar
Asosiga apelsin solib pishiriladigan bunday pechenyelar juda mazali bo’lib, har kimga ham yoqishi aniq.
Pechenyelarni tayyorlash juda oson, ammo ularni yeyishdan o’zni tiyish juda mushkul ishdir.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 20 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
50 gramm yumshatilgan sariyog' | |
80 gramm shakar | |
1 dona tuxum | |
3 osh qoshiq smetana | |
3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
1 choy qoshiq qabartma | |
300 gramm un | |
Asosiga: |
|
1 dona apelsin | |
130 gramm shakar | |
15 gramm makkajo'xori kraxmali |
Yumshagan sariyog'ni shakar bilan mikserda yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Ustidan tuxum, o'simlik yog'i, smetana, tuzni solib aralashtiramiz.
Un bilan qabarani elab ustidan solamiz va xamir qorib olamiz.
Xamirni yelim xaltaga solib, sovutgichga 30-40 daqiqaga olib qo'yamiz.
Xamirni olib teng ikkiga bo'lamiz va 3-4 mm qalinlikda, to'rtburchak shaklda yoyib olamiz.
Asosini tayyorlaymiz
Apelsinni po'sti bilan birga parrak qilib to'g'raymiz va danakxhalaridan tozalaymiz.
Blender idishiga solamiz, ustidan shakar va kraxmalni ham solib maydalab olamiz.
Yoygan xamirimizga asosdan surtamiz va ruletsimon shaklda o'raymiz.
Ruletsimon xamirni 3-4 sm qalinlikda kesib chiqamiz va pergament qog'oz ustiga terib chiqamiz.
180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 12-15 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
50 gramm yumshatilgan sariyog' | |
80 gramm shakar | |
1 dona tuxum | |
3 osh qoshiq smetana | |
3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
1 choy qoshiq qabartma | |
300 gramm un | |
Asosiga: |
|
1 dona apelsin | |
130 gramm shakar | |
15 gramm makkajo'xori kraxmali |
1 Sharhlar Hide Comments
Zor!!!