Achchiq qaylali baqlajonlar
Masalliqlar:
-
1 kilo baqlajon
-
3 osh qoshiq tuz
-
3-4 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
Qaylasiga:
-
500 gramm pomidor
-
300 gramm qizil bulg'or qalampiri
-
1 dona achchiq qalampir
-
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
1 choy qoshiq shakar
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Achchiq qayla bilan tayyorlangan baqlajonlar – mavsumiy eng mazali yeguliklardan biridir!
Bunday yegulikka ta’bga qarab, petrushka, kashnich yoki rayhondan ham solish mumkin.
Pomidorli achchiq qaylani esa mana bu retsept asosida tayyorlab olamiz.
Tayyorlaniladigan ichimlikka taxminan 12 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 kilo baqlajon | |
3 osh qoshiq tuz | |
3-4 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
Qaylasiga: |
|
500 gramm pomidor | |
300 gramm qizil bulg'or qalampiri | |
1 dona achchiq qalampir | |
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 choy qoshiq shakar | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Baqlajonlarni yuvib, 0,5-0,8 sm qalinlikda parrak qilib to'g'raymiz va ustidan ko'proq tuz sepib, yarim soatga qoldiramiz. So'ng to'rli suzgichga solib, yuvib tashlaymiz va quritamiz.
1-usul
Tovaga yog' quyib, qizdiramiz va baqlajonlarni ikkala tomoni qizarguniga qadar qovurib olamiz. So'ng ularni qog'oz sochiq ustidan terib chiqamiz. shunda ortiqcha yog'laridan osonroq xalos bo'lamiz.
2-usul
Baqlajonlarning ustidan yog'ni quyib, yaxshilab aralashtirib olamiz. So'ng pergament qog'oz to'shalgan patnis ustidan terib chiqamiz. Gazga qo'yib, 190 C darajada 25-30 daqiqa davomida pishirib olamiz.
So'ng pomidorli qaylani tayyorlab olamiz.
Pishgan baqlajonlarni likopchaga terib, ustidan qayla quyib chiqamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 kilo baqlajon | |
3 osh qoshiq tuz | |
3-4 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
Qaylasiga: |
|
500 gramm pomidor | |
300 gramm qizil bulg'or qalampiri | |
1 dona achchiq qalampir | |
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 choy qoshiq shakar | |
ta'bga qarab tuz va murch |