Koreyscha ismaloqli salat
Masalliqlar:
-
3 bog' ismaloq
-
150 gramm piyoz
-
3 ta tishcha sarimsoqpiyoz
-
50 millilitr o'simlik yog'i
-
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
-
0,5 choy qoshiq achchiq qalampir
-
ta'bga qarab tuz
-
2 choy qoshiq sedana
-
1 osh qoshiq soya qaylasi
Yo’nalishlar
«Ismaloqdan somsa-yu chuchvaralardan tashqari nimalar tayyorlasam bo’ladi?» degan savol sizni o’ylantirgan bo’lsa, unda bugungi retseptimiz aynan siz uchun!
Bugungi koreyscha achchiq salatdan tayyorlab ko’ring, yoqadi degan umiddamiz.
Masalliqlar:
3 bog' ismaloq | |
150 gramm piyoz | |
3 ta tishcha sarimsoqpiyoz | |
50 millilitr o'simlik yog'i | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
0,5 choy qoshiq achchiq qalampir | |
ta'bga qarab tuz | |
2 choy qoshiq sedana | |
1 osh qoshiq soya qaylasi |
Ismaloqni yuvib olamiz.
Idishga suv solib qaynatamiz (tuz solish kerak emas).
Qaynagan suvga ismaloqni solamiz va 30 soniya o'tgandan so'ng olamiz.
Ustidan sovuq suv quyamiz va ismaloqni qo'lda siqib ortiqcha suvidan xalos qilamiz.
Tovaga yog' solib piyozni qovurib olamiz, ustidan paprika va achchiq qalampir sepamiz.
Ismaloqning ustidan qovurilgan piyozni solamiz.
Sarimsoqpiyozni maydalab solamiz, ustidan esa soya qaylasi va tuzni solib aralashtiramiz.
Ta'bga qarab limon sharbati solish mumkin.
Likopchaga solamiz va ustidan sedana sepib bezatamiz.
Bunday salatni iliqligida ham, sovuq holatida ham iste'mol qilish mumkin.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
3 bog' ismaloq | |
150 gramm piyoz | |
3 ta tishcha sarimsoqpiyoz | |
50 millilitr o'simlik yog'i | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
0,5 choy qoshiq achchiq qalampir | |
ta'bga qarab tuz | |
2 choy qoshiq sedana | |
1 osh qoshiq soya qaylasi |
2 Sharhlar Hide Comments
Judayam foydali va qulay. Rahmat sizlarga
Sizga ham rahmat 🙂