Qorag’atdan zefir tayyorlash
Masalliqlar:
-
400 gramm muzlatilgan yoki yangi uzilgan qorag'at
-
100 gramm shakar
-
1 ta tuxum oqi
-
Qiyomiga:
-
5 gramm agar-agar
-
75 millilitr suv
-
200 gramm shakar
-
sepish uchun shakar upasi
Yo’nalishlar
Bugun kunni qorag’atdan tayyorlaniladigan ajoyib ta’mli zefir bilan boshlaymiz. Zefirni uy sharoitida tayyorlash mumkin bo’lsa kerak deb biror marta o’ylab ko’rganmisiz? Zira bilan hamma narsani uddasidan chiqasiz. Buning uchun biroz sabr va vaqt bo’lsa kifoya, qarabsizgi ajoyib shirinlik dasturxoningizga ko’rk bag’ishlaydi.
Masalliqlar:
400 gramm muzlatilgan yoki yangi uzilgan qorag'at | |
100 gramm shakar | |
1 ta tuxum oqi | |
Qiyomiga: |
|
5 gramm agar-agar | |
75 millilitr suv | |
200 gramm shakar | |
sepish uchun shakar upasi |
Qorag'atni blenderda ezib olamiz.
Pyureni tovaga solamiz va olovga qo'yamiz.
Uni yaxshilab, suvi qolmagunicha qaynatib olamiz.
Pyurni 150 grammini o'lchab olamiz va ichiga shakar solib, eriguniga qadar gaz plitasiga qo'yamiz.
Aralashmani sovutamiz va 5-6 soat yoki bir kechaga sovutgichga qo'yamiz.
So'ng pyurega tuxum oqini solamiz va mikserda eng yuqori bosimida ko'pirtiramiz. Aralashma oqarib yaxshilab ko'pirganidan so'ng esa tuxum oqini qolgan qismini solamiz va yana ko'pirtiramiz.
Tovaga agar-agar va suvni solamiz va o'rtacha olovga qo'yib qaynatamiz.
Agar-agar batamom eriganidan so'ng shakarni solamiz va yaxshilab aralashtiramiz.
Bir vaqtning o'zida qiyomni ham tayyorlaymiz.
Agarda sizda qo'l mikser bo'lsa, unda avval rezavor meva-tuxumli massani ko'pirtiring, so'ng qiyomni qaynatib oling.
Qiyomni oz-ozdan quyamiz va ko'pirtirishda davom etamiz.
Sovigunicha ko'pirtiramiz – hosil bo'lgan massa harorati 40 ° bo'lishi kerak, aynan shu haroratda agar-agar qotishni boshlaydi.
Tayyor zefirli massa yengil bo'ladi.
Zefirni qotishi uchun 24 soat xona haroratida qoldiramiz.
So'ng ikkta zefirlarni bir-biriga xuddi rasmdagidek yopishtirib chiqamiz.
Ustidan shakar upasi sepamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
400 gramm muzlatilgan yoki yangi uzilgan qorag'at | |
100 gramm shakar | |
1 ta tuxum oqi | |
Qiyomiga: |
|
5 gramm agar-agar | |
75 millilitr suv | |
200 gramm shakar | |
sepish uchun shakar upasi |